date
views 293

Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketdi

Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: O‘FA
O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Kapadze “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyligidan ketganini ma’lum qildi:

“'Olimpik' klubini tark etdim. Klub rahbariyatiga Olimpiadadan keyin yarim yil dam olishimni ancha oldin aytgandim. Sababi 3,5 yil davomida umuman dam olmadim.

Terma jamoa bilan 4 ta katta musobaqada ishtirok etdik, klub esa Superligada, U-21 chempionatida, Kubokda qatnashdi. Bu odamdan kattagina kuch talab qilardi. Menimcha, 'Olimpik' klubi yil oxirigacha o‘z faoliyatini olib boradi. Keyingi yil nima bo‘lishini rahbariyat hal qiladi. Ayni paytda 'Olimpik'da yordamchilarim ishlamoqda. Ularga omad tilayman
”.

Eslatib o‘tamiz, Kapadze 2021 yildan buyon “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketdi