
«Real» Ispaniya chempionatining 4-turida «Espanol» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Endilikda madridliklar klubi Primerada qatorasiga 16 marta g‘alaba qozongan jamoaga aylandi: 2015/16 mavsumda 12 va 2016/17 mavsumda 4 marta.
Bu bilan «Real» Hosep Gvardiola boshchiligidagi «Barselona»ning 2010/11 yilgi mavsumdagi rekordini takrorladi.
«Real»ning g‘alabali seriyasi 2 mart kuni «Levante»ga qarshi bahs (3:1) bilan boshlangandi.
Manba: Tribuna.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing