15:30 / 07.08.2024
31

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi
O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan Futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli e’lon qilindi.

Foto: “O‘FA”
Unga ko‘ra Xon ismli Turon yo‘lbarsi musobaqaning timsoliga aylandi.

“Kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblangan Turon yo‘lbarsi yurtimizda o‘tadigan mundialning rasmiy timsoli etib tanlandi.

O‘ziga xos mahorat bilan chaqqon harakat qilishi va uning yuqori tezligi mazkur timsolni futzal sport turi bilan bog‘laydi.

O‘rta Osiyoning yo‘qotilgan boyligi deya ta’riflanadigan Turon yo‘lbarsini Jahon chempionati timsoli deya e’lon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undadi”, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

Musobaqalar 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi