“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida braziliyalik iqtidor egasi Savioni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Futbolchi faoliyatida bunday katta o‘zgarishlar bo‘lishini kutmaganini tan oldi va bu haqda quyidagicha fikr bildirdi.
- Men fermada katta bo‘lganman va sigir sog‘ib yurardim. Futbol o‘ynagan bo‘lsam-da, hech qachon “Manchester Siti”ga o‘tishim mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman.
Men kamsuqum, oddiy yigitman. Menga berilgan imkoniyatni qadrlayman va ishonchni oqlashga harakat qilaman, - dedi Savio.
Savio “Atletiko Mineyro” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fransiyaning “Trua” klubi uni ikki yil muqaddam 6,5 million yevroga transfer qilgan edi. Har ikki qanotdan hujum uyushtirishga ixtisoslashgan Savio shu paytga qadar Niderlandiyaning PSV va Ispaniyaning “Jirona” klublarida ijarada ham o‘ynadi.
“Shaharliklar” 20 yoshli futbolchi transferi uchun “Trua”ga 25 million yevro to‘ladi.
Savio shu yilning mart oyidan beri Braziliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U xalqaro miqyosda yettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”