17:50 / 08.08.2024
158

Parij—2024. G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga yo‘l oldi

Parij—2024. G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga yo‘l oldi
Foto: “Olympic”
O‘zbekistonlik erkin kurashchilar turnir doirasida chorak final bahslarida ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev chorak final bahsida armanistonlik Arsen Xarutyunyanga qarshi bahs olib bordi. O‘zbekistonlik kurashchi 2024 yilgi Yevropa chempioni bilan bahsda 12:5 hisobida ustun keldi va yarim finalga yo‘llanma oldi.

G‘ulomjon yarim finalda amerikalik Spenser Liga qarshi gilamga chiqadi. O‘zbekistonlik sportchi dastlabki bosqichda ozarbayjonlik Ali Abbos Rizozodani turnirdan chiqarib yuborgandi.

Yana bir o‘zbekistonlik erkin kurashchi Javrail Shapiyev (-86 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun gilamga chiqdi. Bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan kurashgan sportchi mag‘lubiyatga uchradi. Raqib sportchi finalga yetib borgan taqdirda Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga yo‘l oldi