
Delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli kechgan bugungi bellashuvlardan so‘ng Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari medalllar reytingida sezilarli darajada yuqoriladik.

Bokschilarimiz - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda Lazizbek Mullajonovning 2 ta oltini va erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayevning bronza medalidan so‘ng jadvalda 14-o‘ringa ko‘tarildik:

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida dastlabki uch medalni ham dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin medal, Muzaffar To‘raboyev hamda Alisher Yusupov bronza medal sohibiga aylandi.
8 avgust kungi bahslarda taekvondochi Ulug‘bek Rashitov hamda bokschi Hasanboy Do‘stmatov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
9 avgust kungi dasturda esa erkin kurashchi G‘ulomjon G‘aybullayev bronzda, bokschilar Lazizbek Mullajonov hamda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa oltin medallarga ega chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar