Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli o‘tyapti. So‘nggi kunlarda sportchilarimiz medal jamg‘arishni davom ettirmoqda.
Ayniqsa, o‘zbek bokschilarining Parij ringlaridagi shiddatli janglari, raqiblaridan yaqqol ustunlikka ega bo‘layotgani va davomli g‘alabalari xalqaro miqyosdagi mutaxassislarning ham e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Olimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi boks musobaqalari yetti vazn toifasida tashkil etilgan. O‘zbekiston to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi va besh nafar hamyurtimiz o‘z vazn toifasida finalga chiqdi. Hozirgacha, Hasanboy Do‘smatov (51 kg), Abdumalik Xalakov (57 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (71 kg) va Lazizbek Mullajonov (92 kg) so‘nggi hal qiluvchi janglarda ham zafar quchib, Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
Finalda yana bir vakilimiz – Bahodir Jalolov ham ishtirok etadi.
Boks musobaqalarini yoritib kelayotgan AQSHning Bad Left Hook jurnali ham o‘zbek bokschilarining natijalarini alohida tilga oldi. Ushbu nashr bosh muharriri Skott Krist 2006 yildan beri boks uchrashuvlarini tahlil qilib keladi. Tajribali mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Parijda fransuzlar boks musobaqasida oltin medalsiz qoldi. Lekin Bilol Bennama va Sufyon Umixa kumush medal bilan taqdirlandi.
Avvalgi o‘zaro bahsda Hasanboy Do‘smatov Bilol Bennamani nokautga uchratgan edi. Fransiyalik charm qo‘lqop ustasi bu gal revansh olishga umid qilgandi. Lekin Do‘smatov bunga imkon bermadi va ikki karra olimpiya chempioniga aylandi.
O‘zbekistonga boks bo‘yicha ikkinchi oltin medalni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev keltirdi. U finalda raqibi Marko Verdedan yaxshiroq jang qildi. Meksikaga 1968 yilgi Olimpiadadan beri birinchi oltin medalni taqdim qilishga Verdening kuchi yetmadi.
O‘zbeklar hozirning o‘zida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha umuman boshqa darajada ekanini isbotlab bo‘ldi.
Parij Olimpiadasida hayratlanarli darajada barqaror ishtirok etayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zi uchun to‘rtinchi oltin medalni naqd qildi. Ular o‘zlarini o‘ta qudratli kuch sifatida namoyon qilib bo‘ldi. Ayni paytda ular boshqalardan ancha o‘zib ketgan.
Ozarbayjon sharafini himoya qilgan Loren Alfonso kubalik bokschi, mahoratli jangchi. Lekin Lazizbek Mullajonov butun jang davomida o‘zining uslubini o‘tkazib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi, - deb yozdi amerikalik ekspert Skott Krist.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi Olimpiadalarda jami beshta oltin, ikkita kumush va sakkizta bronza, jami 15 ta medal jamg‘argan edi.
Endi Parij Olimpiadasi ishtirokchilarida natijalarni yanada yaxshilash imkoni bor. Buning uchun Bahodir Jalolov finalda g‘alaba qozonishi talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar