Turning markaziy uchrashuvida “Nasaf” o‘z maydonida “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdan so‘ng g‘olib jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bir qator savollarga javob qaytardi.
- Muxlislarni xursand qilishni juda xohlagandik, bunga erishdik. Shuning uchun barcha ishqibozlarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz. G‘alaba uchun yigitlar katta mehnat qilishdi. Chunki bugungi raqibimiz juda jiddiy edi. To‘g‘risi, “Paxtakor”ni 5-4-1 sxemasida o‘ynashini kutmagandik. Shunga qaramasdan, raqib himoyachilarini yorib o‘tishga harakat qildik. Birinchi bo‘limda deyarli ko‘p vaziyat bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda gol urganimizdan keyin natijani, uch ochkoni saqlab qolish uchun harakat qildik va bunga erishdik.
- “Nasaf”ni yorqin o‘yinini ko‘rmadik. Bu taktika bilan bog‘liqmi yoki...
- Ko‘p narsalar bugungi uchrashuvga ta’sir qildi. O‘yin amaliyoti kam edi. O‘rtada ancha tanaffus bo‘ldi, bu narsa albatta ko‘rinadi. Qayerdadir sifat yetishmaydi va texnik-taktik xatolar bo‘lib turadi. Ko‘p jamoalar bizga kelganda himoyaviy taktikani tanlashadi va bizga kamroq bo‘sh zonalar beryapti. Bu hujumdagi vazifamizni og‘irlashtiryapti. Bugun “Paxtakor” jamoasini ham bunday harakat qilishini kutmagandik. O‘yin davomida buni o‘zgartirishga harakat qildik. Ba’zida raqib tanlagan bu taktikasi o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga imkon bermagandir. Lekin bunday uchrashuvlarda natija birinchi o‘rinda turadi. Bugungi g‘alaba juda muhim edi. Bu yilgi chempionatimizda har bir uchrashuvda faqat g‘alaba uchun o‘yin bo‘lyapti, barcha bahslar qiyin o‘tyapti. Albatta, boshqa jamoalar ham bizni o‘rganishadi, o‘yinimizga e’tibor qaratishadi. Shu bois ko‘p klublar biz bilan ochiq futbol o‘ynashni istashmaydi.
- “Nasaf” mavsumning ikkinchi qismini yaxshi boshladi. Bugungi uchrashuvdan keyin chempionlik kurashdagi imkoniyat qanday?
- “Paxtakor”ni hali ham hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Tarkibida kuchli o‘yinchilar bor. Yangi olgan futbolchilari ham jamoani kuchaytira oladi. Hali o‘yinlar ko‘p. Kurash mavsum oxirigacha davom etadi, deb o‘ylayman. Lekin bugungi g‘alabamiz juda muhim edi. Balki olti ochkolik o‘yinga ham yaqin bo‘lgandir. Natija uchun o‘ynaganimiz va g‘alaba qozonganimiz yoqimli bo‘ldi.
- Yangi qo‘shilgan o‘yinchilar haqida nima deya olasiz?
- Bugun Kolovichga o‘yin boshidan imkoniyat berdik. Chunki Stefan jamoasi bilan to‘liq yig‘inlarni o‘tgandi. Bizga kelishdan oldin ularda ikkita tur o‘tib bo‘lgandi. Jismoniy holati, o‘yin amaliyoti borligi uchun uni asosiy tarkibga qo‘sha oldik. Valentin masalasida biroz pauza qilganimizga kelsak, uni hali jismoniy holati o‘ziga kelgani yo‘q. O‘z klubida kam o‘yinlarda qatnashgan, faqat terma jamoasida ikkita o‘yinda o‘ynagan. Shu bois uni holati unchalik yaxshi emas. Ularni pozitsiya bo‘yicha jamoaga taklif qildik, raqobat bo‘lishi uchun. Bu nafaqat ularga, balki boshqa futbolchilarga ham ta’sir qiladi. Hali o‘yinlarimiz ko‘p, Osiyo Chempionlar ligasida ham o‘ynaymiz. Shu bois futbolchilarimiz hali ko‘p kerak bo‘ladi.
- Da Silva ko‘rinmayapti. Uning ahvoli qanday?
- Mashg‘ulotlarga kirishdi. Biroq hali jarohatidan to‘liq tiklanmagan. Shu bois uni bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritmadik. Bundan tashqari, Shuhrat Muhammadiyev jarohat olgani sababli bu uchrashuvga uni jalb qilmadik. Muhammadiyev bilan Kolovichni mashg‘ulotlarda bog‘lamligi yaxshi bo‘layotgandi. Ammo Muhammadiyev uchrashuvda qatnasha olmadi.
- Marko Stanoyevich jamoaga foydali o‘yinchi ekanligini isbotlab bo‘lgan. Ammo vaqt o‘z so‘zini aytadi. Markoni murabbiylar shtabiga qo‘shish variantiga nima deysiz? Agar u rozi bo‘lsa!?
- O‘zi bilan ba’zida hazillashib turamiz, senga ish beramiz, seleksioner qilib olamiz, deb aytib turamiz. Bundan o‘zi ham xursand bo‘ladi. Markoni o‘yinida pasayish bo‘lgani bu jarohatdan keyin yuz berdi. O‘tgan yili jarohat olgandi. Baribir 35 yoshli yigitga bu jarohat ta’sir qiladi. Shunga qaramay, qaysidir vaziyatlarda undan foydalanamiz. Shtabimizga qo‘shish haqida ham ba’zida hazillashib turamiz. Chunki uni mentaliteti har tarafdan qo‘shishimizga sabab bo‘lishi mumkin. Yigitlar bilan muomalasi yaxshi, 2-3 ta tilni yaxshi biladi. Yaxshi savol bo‘ldi, buni kelajakda o‘ylab ko‘ramiz. Bizda seleksioner yo‘q-ku. Ko‘p o‘yinchilarni Serbiya yoki boshqa joylardan olib kelamiz. Yaxshi masalani ko‘tardingiz. Buni o‘ylab ko‘ramiz.
- Javohir Siddiqov jamoani shtatli penaltichisi bo‘ldimi?
- O‘yinni oldi va o‘sha vaziyatda hech kimga sen tepasan deb ko‘rsatma bermadim. Vaziyatdan kelib chiqib o‘ziga ishonib, tepdi va yaxshi bajardi.
- Maksim Shatskixga chempionlik imkoniyati haqida savol berilganida hammasini dekabrda ko‘rasizlar deb aytib o‘tdi. Siz dekabrda nimani ko‘rasiz?
- Oldindan bir narsa demayman. Dekabrgacha imkoniyatimiz bor, oxirigacha kurashishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar