23:34 / 12.08.2024
131

Sergey Lushchan: "Raqibimiz o‘yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi"

Sergey Lushchan: "Raqibimiz o‘yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi"
Superliga 15-turidan o‘rin olgan OKMK - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Birinchi navbatda raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoa uchun ham qiyin bahs bo‘ldi. Oson bo‘lmasligi aniq edi. Bugungi uchrashuvda ayrim bir muammolarga duch keldi. Tarkibdagi yetishmovchilik va boshqa jihatlar bizga halal bermoqda. Yigitlar hali hamon og‘ir bosim ostida. Yosh futbolchilarimiz iqtidorli, ammo ular ritmga tushib olishlari uchun biroz vaqt kerak. OKMK jamoasi bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

- "Navbahor"ning ikki uchrashuvini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Jamoa o‘yinidagi progress sezilmoqda. Jamoam o‘yin bilan bog‘liq muammolarga duch keldi dedingiz. Ushbu muammolar va kamchiliklar haqida batafsilroq so‘zlab bersangiz.
- Asosiy muammomiz - realizatsiya. Raqibimiz o‘yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi. Biz esa 8-9 marotaba to‘pni so‘nggi zarba bilan yakunlovchi vaziyatlarga qadar olib keldik, lekin... Vaziyatlardan gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Bu juda oddiy formula. Shunchaki gol urishimiz kerak. Hujumda xavfliroq va agressivroq o‘ynashni boshlaganimizni bilaman. Balki bizga biroz vaqt kerakdir. Durang bugungi bahs uchun adolatli natija bo‘lishi mumkin edi, lekin futbolda so‘ngiga qadar chiday olgan va kurashgan jamoa g‘alaba qozonadi. Raqibimiz ikkinchi goldagi hujumni ajoyib amalga oshirdi. Tezkorlik bilan hujumga o‘tishdi, shunchaki "bravo". OKMK o‘zgarishlarni ham to‘g‘ri qildi. Bizning zahiramiz esa oqsamoqda. Bu bizning muammolarimiz va bunga o‘zimiz aybdormiz. Ushbu muammolarga o‘zimiz yechim topishga majburmiz.

- Realizatsiya haqida gapirib o‘tdingiz. Chempionatimizning eng yaxshi to‘purarlaridan biri Toma Tabatadze "Navbahor" mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Uning jarohati haqida ma’lumot berib o‘tsangiz?
- Tabatadzeni hali maydonda ko‘rganim yo‘q. Kecha u O‘zbekistonga qaytib keldi. U bilan gaplashib oldik. Jarohatidan forig‘ bo‘lganiga qaramay, u hali hamon o‘zini noqulay his qilmoqda. Tabatadzeni yaqin orada maydonda ko‘rmaymiz. Sardor Rashidov ham uzoq vaqtga safdan chiqdi. Sayfiyevda diskvalifikatsiya xolos, u keyingi uchrashuvda qaytadi. Ikkinchi hujumchimiz Giorgi Nikabadze ham jarohat bilan o‘ynamoqda. Faqatgina ukollar orqali o‘ynay olayapti. Uning o‘rnini egallay oladigan futbolchi yo‘q, afsuski.

- Zahira yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni qanday hal etmoqchisiz? Ushbu vaziyatdan chiqib ketish bo‘yicha qandaydir rejangiz bormi?
- Yagona yechim shu tarkibimiz. Bor futbolchilar bilan o‘ynashda davom etamiz. Mavsum yarmi va mavsum avvaliga seleksiya ishlarini olib borish ikki xil masala. Yozda ko‘p futbolchilar band va amaldagi shartnomasi bo‘ladi. O‘zingiz istagan futbolchini harid qilish qiyin masala.

- Yozda o‘zimiz istagancha transferlar amalga oshira olmadik dedingiz. Transferlar bo‘yicha qanday rejangiz bor edi?
- Bizda transfer bani bor. Horijlik futbolchilar bilan shartnoma tuza olmaymiz. Hozirgi holatimiz shu va shunga moslashishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: "Raqibimiz o‘yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi"