
Foto: X (sobiq Twitter)
Britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Ed Shiran “Ipsvich” klubi xo‘jayiniga aylandi.
Premer Liga klubi britaniyalik qo‘shiqchi, bastakor, musiqachi, aktyor va biznesmen jamoa rahbariga aylanganini e’lon qildi. Qo‘shiqchi “Ipsvich” aksiyalarini sotib oldi.
Xonanda bolaligidan ushbu jamoaga muxlislik qiladi va konsertlarda tez-tez klub futbolkasida paydo bo‘ladi. Shiran 2021 yildan beri “Ipsvich” klubining titul homiysi bo‘lib kelayotgandi.

Foto: X (sobiq Twitter)
Ma’lumot uchun, Chempionshipda 96 ochko to‘plagan “Ipsvich” 22 yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar