
OFK shtab kvartirasi joylashgan Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqalari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarshining “Nasaf” jamoasi D guruhidan joy oldi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari guruhda “Shabob Al-Ahli”, “Al Hussayn Irbid” hamda “Al Kuvayt” jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, “Shabob Al-Ahli” jamoasida eronlik futbolchi Sardor Azmun to‘p suradi.
Quyida “Nasaf”ning guruh bosqichidagi taqvimi bilan tanishish mumkin bo‘ladi:
1-tur (16-18 sentyabr): “Al Hussayn Irbid” — “Nasaf”
2-tur (1-2 oktyabr): “Nasaf” — “Shabob Al-Ahli”
3-tur (22-23 oktyabr): “Al Kuvayt” — “Nasaf”
4-tur (5-6 noyabr): “Nasaf” — “Al Kuvayt”
5-tur (26-27 noyabr): “Nasaf” — “Al Hussayn Irbid”
6-tur (3-4 dekabr): “Shabob Al-Ahli” — “Nasaf”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar