Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra super og‘ir vazn toifasidagi bokschi, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda so‘nggi jangida mag‘lubiyatga uchragan Shohjahon Ergashev top-15 reytingini tark etdi.
Bundan avvalgi reytingda Jalolov va Ergashev o‘z vazn toifasida 13-o‘rinda qayd etilgandi.
Hozirda reytingda 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi qoldi:
- Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qayd etildi;
- Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 10-o‘rinni egalladi.
1 avgust kuni Shahram G‘iyosov Migel Perraga qarshi jang qildi va ochkolar hisobida raqibini mag‘lub etdi. Uning professional boksdagi g‘alabalar soni 16 taga yetdi.
28 iyul kuni Shohjahon Ergashev amerikalik Julian Smitga qarshi ringga ko‘tarildi va faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi