52
Maksim Shatskix: "Xalqaro o‘yinlarga qadar "Bunyodkor" stadionining maysasi yaxshilanishiga umid qilaman"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining qur’a natijalari bo‘yicha saytimizga kichik intervyu berdi.
- "Paxtakor" Elit Osiyo chempionlar ligasidagi raqiblarini bilib oldi. Qur’a natijalari haqida fikr bildirib o‘tsangiz? Qur’a natijalaridan qoniqdingizmi?
- To‘g‘risini aytsam, qur’alarni kuzatmayman. Bunday musobaqalarda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi va barcha jamoalarga qarshi maydonga chiqishimiz aniq. To‘g‘ri, nomlar bo‘yicha osonroq raqiblar bilan to‘g‘ri kelgandirmiz, sababi Saudiya klublarining kuchidan barcha xabardor. Lekin bu shunchaki fikr, barchasi maydonda hal bo‘ladi.
- Taqvimga ko‘ra "Paxtakor" 4ta uchrashuvni mehmonda o‘tkazadi. "Persepolis", "Istiqlol" va "Al-Shorta" jamoalariga qarshi kechadigan bahslar safarda o‘tkaziladi. Eron va Iroq mamlakatlarida nafaqat futbol o‘ynash, balki safar qilish ham oson emas. Eron va Iroq safarlari qanchalik qiyinchilik tug‘dirishi mumkin?
- Bu haqida hali o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q. Safar qanday kechishi haqida bir nima deya olmayman, ammo ularga qarshi o‘ynashimiz shart. Bunday raqiblar bilan o‘ynash biroz noqulayliklar yaratadi. Safardagi tashvishlar va mahalliy muxlislarning o‘z suyukli jamoasini qo‘llab quvvatlashi ham raqibga ustunlik beradi. Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz va o‘z darajamizni bilamiz. Qayerda va kimga qarshi o‘ynashimizning farqi yo‘q. O‘yin kuni qanday holatda bo‘lishimiz eng muhimi.
- Qur’a natijalari "Paxtakor"ni uchta Qatar klubiga raqib qilib qo‘ydi, Qatar klublarining o‘rnida Saudiya jamoalari ham bo‘lishi mumkin edi. Saudiya Arabistoni klublari bizga raqib bo‘lmagani ko‘proq foydami yoki zarar? Saudiya klublari bilan to‘qnash kelmaslik keyingi bosqichga yo‘l olish imkoniyatlarini oshirgandek go‘yo. Shu haqda fikr bildirsangiz?
- Bu bizga yaxshi bo‘ldimi yoki yomon bu savolga javob berish qiyin. Masalan, tasavvur qilaylik biz "Al-Hilol" bilan o‘ynayapmiz. Neymar to‘pni yo‘qotganida jamoasiga yordam berish uchun ortga qaytmaydi. Qatarlik futbolchi esa albatta bu ishni qiladi va to‘pni qaytarib olishga intiladi. Bu vaziyat haqida bir nima deyish noto‘g‘ri. Bizga yaxshiroq yoki yomonroq bo‘ldi demayman. Barchasini jamoalarning holati aniqlab beradi. Raqib qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar. Bunday musobaqada kuchsiz jamoalar yo‘q. Iroq jamoasi bo‘ladimi yoki Saudiya, barchasi chempionlar. Bunday o‘yinlar orqali biz katta foyda olamiz.
- Qur’a biz uchun omadli keldi desak ham bo‘ladi. Bunday jamoalarga qarshi "Paxtakor" kurasha olishiga ko‘zim yetmoqda. Jamoangizning pley-off bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kirita olish imkoniyatlariga baho berib o‘tsangiz? Bunday raqiblarga qarshi "Paxtakor"dan ko‘p narsa kutsak bo‘ladi.
- Imkoniyatlarimiz 50/50. Biz ushbu musobaqaga adashib kelib qolganimiz yo‘q. Barcha jamoalarga qarshi maksimal tarzda kurashamiz. Maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish. Yagona tilagim "Bunyodkor" stadionining maysasini yaxshilash. Bunday maydonda sifatli futbol ko‘rsatish qiyin masala.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi