147
Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlar 10 kishi bo‘lib ham futbol o‘ynash mumkinligini ko‘rsatib berishdi"
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- O‘yin og‘ir o‘tdi. Bir kishi kam bo‘lib qolganimiz bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay biz raqibdan ko‘proq hujum tashkil etdik, vaziyatlar yaratdik, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Jismoniy imkoniyatlarimiz yaxshi ekani ko‘rindi. 10 kishi bo‘lib futbol o‘ynash mumkinligini futbolchilarimiz ko‘rsatib berishdi.
- Dilshod Komilov jamoaga yaxshi qo‘shilib ketibdi. Uning o‘yini haqida fikringiz?
- Albatta, u bugun jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. 3 ta himoyachi bo‘lib o‘ynay boshlaganimizda hujumlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatdi. Chap oyoqda yaxshi ishlaydi. Undan oldinda ko‘p narsalarni kutayapmiz.
- Yoshlar jamoalari safida bir nechta futbolchilarni mashg‘ulotlarga jalb etgansiz. Ular orasida kimlarni kelgusida hech bo‘lmasa jamoa zahirasida ko‘ramiz?
- Hozir sizga aniq nomlarni aytmayman. Lekin 10 nafardan ziyod futbolchilarni ko‘zdan kechirib oldim. Va shu orqali jamoamiz ertasi borligi, zahiramiz mustahkamligiga ishonch hosil qildim. Kelgusida albatta ularga ham imkon beramiz.
- Bugun OCHLda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. "Nasaf" tushgan guruh haqida fikringiz qanday? Jamoa oldiga OCHLda qanday vazifa qo‘yilgan?
- Qur’a boshqalardan ko‘ra bizga og‘irroq raqiblarni ro‘para qildi. Iordaniya chempioni oson raqib bo‘lmaydi. Quvayt jamoasi ham bizga notanish, avval duch kelmaganmiz. Shunday bo‘lsa ham, birinchi vazifamiz guruhdan chiqish bo‘ladi, bu haqida rahbariyat bilan gaplashamiz. Biz 4-5 mavsumdan buyon xalqaro maydonda o‘ynab kelayapmiz, tajribamiz yetarli.
- Jamoaga yangi taklif etilgan legionerlardan nimalarni kutayapsiz?
- Albatta, super futbolchilarni transfer qildik deb aytmagan bo‘lardim. Lekin ularni jamoaga raqobatni kuchaytirish uchun jalb etdik. Ko‘p narsalar kutayapmiz ulardan. Biri bugun hakam qarori bilan chetlatishga uchradi. Ikkinchisiga o‘yinning borishidan kelib chiqib, ehtiyoj sezmadik. Kelgusidagi o‘yinlarda ularning foydasi tegishiga ishonamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi