Futbol bo‘yicha Germaniya Superkubogi doirasida “Bayer” va “Shtutgart” jamoalari 17 avgust, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Viktor Bonifase hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, “Shtutgart” futbolchisi Enso Miyo hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 37-daqiqada “Bayer” bir kishi kam bo‘lib qoldi. Tere qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa, tabiiyki, bir kishi ko‘p bo‘lgan “Shtutgart” hujumlarni uyushtirdi va 63-daqiqada Undavning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda esa Patrik Shik muvozanatni tikladi.
Shu tariqa g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa Xabi Alonso shogirdlari 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Germaniya Superkubogi
17 avgust, shanba
“Bayer” — “Shtutgart” 2:2
Gollar: 1:0 – 11 Bonifase, 1:1 – 15 Miyo, 1:2 – 63 Undav, 2:2 – 88 Shik.
Penaltilar seriyasi: 4:3
“Bayer”: Gradeski, Inkapie, Tapsoba, Andrix (Shik, 73), Tere, Adli (Virs, 73), Belosyan (Grimaldo, 84), Jaka, Aleish Garsiya, Tella (Frimpong, 73), Bonifase (Ta, 41).
“Shtutgart”: Nyubel, Mittelshtedt (Kretsig, 63), Shabo, Ruo, Shtensel (Kaytel, 83), Shtiller (Undav, 62), Karazor, Fyurix (Dil, 77), Miyo, Leveling (Mvumpa, 63), Demirovich.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (43), Shtiller (44), Jaka (60), Tapsoba (71), Demirovich (71), Miyo (78), Bonifase (80), Shtensel (82), Virs (85), Frimpong (86), Shabo (86).
Chetlatish: Tere (37). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi