17:17 / 18.08.2024
224

Birinchi o‘yinda tarkibga kiritilmagan mashhur yulduz “Barsa”dan ketishini aytdi

Birinchi o‘yinda tarkibga kiritilmagan mashhur yulduz “Barsa”dan ketishini aytdi
“Barselona” yangi mavsumning ilk turida “Valensiya” maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Kataloniyaliklarga g‘alaba kelirgan gollarga Robert Leandovski mualliflik qildi.

Birinchi tur uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmagan mashhur futbolchi Ilkay Gyundog‘an klubni tark etishga qaror qildi. Germaniyalik futbolchi o‘z qarorini klub rahbariyatiga ham aytdi.

“Barselona” mutasaddilari tajribali yarim himoyachini sotib yuborishga tayyor. Gyundog‘anga Turkiya va Qatar chempionatidan aniq takliflar bor.

O‘z davrida “Manchester Siti” sardori sifatida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan Ilkay Gyundog‘an 2023 yilning yozida erkin agent maqomida Kataloniya superklubiga qo‘shilgan edi. U “Barselona”ga kelganidan beri 51 ta uchrashuvda qatnashib, 4180 daqiqa o‘ynagan holda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Birinchi o‘yinda tarkibga kiritilmagan mashhur yulduz “Barsa”dan ketishini aytdi