19:40 / 20.08.2024
190

Mourino “Fenerbahche” futbolchilarini g‘irromga o‘rgatyapti

Mourino “Fenerbahche” futbolchilarini g‘irromga o‘rgatyapti
Kutilmagan qarorlari bilan nom qozongan Joze Mourino o‘zi boshqarayotgan “Fenerbahche” jamoasi futbolchilaridan antifutbol namoyish qilishni ham talab etmoqda.

- Mening o‘yinchilarim maydonda boshqa jamoalar bizga nisbatan qo‘llayotgan usullarni ham ishlatishi kerak. Ular vaqt cho‘zish, maydonga yotib olish, o‘yinni to‘xtatish, jarohatni simulyatsiya qilishni bilishlari shart. Buni har bir jamoa qiladi, - dedi Joze Mourino.

Mourino jahon futboli tarixida eng sermahsul murabbiylardan hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis faoliyati davomida Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Italiya chempionatlarida ishlagan va katta yutuqlarga erishgan.

Tajribali murabbiy yozda Turkiya Superligasi vakili “Fenerbahche”ni qabul qilib oldi. Uning shartnomasi ikki yil davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Fenerbahche” futbolchilarini g‘irromga o‘rgatyapti