157
Ro‘ziqul Berdiyev: "Hujumda agressiya yetishmadi. Chempionat hali-beri tugamaydi, chempionlik haqida gapirishga erta"
Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so‘ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida.
- Birinchi bo‘limda juda ham qiynaldik. Raqib yaxshi himoyalandi. Tezroq gol urganimizda, vazifamiz ancha osonlashgan bo‘lar edi. Gol urib olganimizdan so‘ng esa, raqib hujumga o‘tishga majbur edi. Biz esa qarshi hujumda ko‘proq ochiq zonalarga va vaziyatlarga ega bo‘ldik. "Olimpik" jamoasi yosh bo‘lishiga qaramay, katta ishtiyoq bilan o‘ynamoqda. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz yaxshilandi va gollar urdik. Qoldirilgan uchrashuvdagi g‘alaba juda muhim edi.
- "Nasaf" bugungi uchrashuvni ikki nafar markaziy hujumchi Bobir Abdiholiqov va Zoran Marushichlar bilan boshladi, ammo jamoangiz birinchi bo‘limda raqib darvozasiga aniq zarba bera olgani yo‘q. Bunga sabab jamoangiz vaziyat yarata olmaganimi yoki raqib yuqori pressing qo‘llanganimi?
- Hujumchilar o‘z vazifasini yaxshi bajara olmadi deb bemalol ayta olaman. Biz ko‘proq hujum qilishni reja qilib, ikkita hujumchi bilan o‘yinni boshlagandik, ammo vaziyatlar yaratilmadi. Maydonga yana bir yarim himoyachini tushirganimizdan so‘ng esa vaziyatlarimiz soni ko‘paydi. Ikki hujumchiga ham tanaffusda e’tiroz bildirdim. Hujumchilar bugun men kutgandek o‘yin namoyish eta olishmadi.
- Bugun ko‘pchilik "Nasaf" osonlikcha g‘alaba qozonadi deb o‘ylashgan edi, biroq bugungi o‘yin kurashlarga boy kechdi. Uchrashuvdan oldin bildirilgan fikrlarga munosabatingiz.
- Men bunday o‘ylamagandim. "Olimpik" jamoasining o‘yinlarini tahlil qilganimizda, jamoada kuchli ishtiyoq borligini sezdim. "Olimpik" futbolchilarida katta motivatsiya bor, ular o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha ishtiyoq bilan o‘ynashmoqda. "Olimpik"ning o‘ta tartibli himoyalangani sababli bugungi uchrashuvda ko‘pgina muammolarga duch keldik.
- "Nasaf" jamoasi musobaqa jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. Jamoangiz yaqindagina asosiy raqobatchilardan biri "Paxtakor"ni mag‘lub etdi. Chempionlik "poygasi" haqida fikr bildirsangiz?
- Maqsadimiz sari oxirigacha kurashishimiz kerak. Mavsum hali-beri yakunlanmaydi. Hozir bizda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Futbolchilarga har bir bahsga finaldek yondashish kerakligini ko‘p marotaba takrorlayapman. E’tiborni yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Har bir uchrashuvda maksimal tarzda ochkolar to‘plashimiz kerak. Maqsadimizga yanada yaqinlashishni istasak, imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak.
- Bugun hujumchilardan ko‘nglim to‘lmadi deya aytib o‘tdingiz. Jamoangiz namoyish etgan o‘yinning yana qaysi jabhalaridan ko‘nglingiz to‘lmadi?
- Hujumda agressiya yetishmaganini aytib o‘tdim. Maydon holati ham yaxshi emas edi. Shu tufayli to‘pga egalik qilishda biroz muammolarga duch keldik. Texnikasi eng yuqori futbolchimiz Oybek Bozorov ham to‘pni qabul qilishga qiynaldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi