15:28 / 22.08.2024
238

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik bokschi bilan jang qilishi mumkin

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik bokschi bilan jang qilishi mumkin
Foto: IBA
Super og‘ir vaznda jang qiluvchi qozog‘istonlik Ivan Dichko (14-0, 13 KO) janglariga mas’ul bo‘lgan menejer Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan ehtimoliy jang vaqtini ma’lum qildi.

O‘ylashimcha, Jalolov bilan jang kelasi yili bo‘lib o‘tishi mumkin”, dedi Aliyev.

Bungacha ikki bokschi faqat havaskor boksda to‘qnash kelgan. Ular orasida o‘tkazilgan to‘rtta jangning barchasi qozog‘istonlik bokschi foydasiga hal bo‘lgan.

Foto: “Meta-rankings.kz”
Avvalroq Ivan Dichko Bahodir Jalolovni nokautga uchratishini aytgan edi.

Agar ushbu jang ro‘y bersa, men unda favorit bo‘lardim. Uni yengardim, balki nokautga uchratardim”, degan edi bokschi.

Foto: Boxingscene
Amerikalik jurnalist Jek Makkaferi Bahodir Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

U professional boksda muvaffaqiyatga erishadimi, buni vaqt ko‘rsatadi. Jalolovning Olimpiadadagi jozibali janglari fonida Dichko bilan jangni tomosha qilish ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.

Boshqa tomondan, Jalolov qozog‘istonlik bokschidan reytingda oldinda va Olimpiadadagi g‘alabalaridan so‘ng o‘zbekistonlik bokschida chempionlik uchun Dichkodan ko‘proq imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin. Bokschilar klassda yuqorilash uchun jang qilishi mumkin
”, dedi ekspert.

Foto: “Yuz.uz”
Bahodir Jalolovning murabbiyi To‘lqin Qilichev Sports muxbiriga shogirdining qozog‘istonlik Ivan Dichkoga qarshi professional ringdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.

Ivan Dichko o‘z karyerasining eng yuqori cho‘qqisida endi ko‘tarilayotgan yosh, umidli Jalolovni mag‘lub etgan. Men Dichkoni hurmat qilaman va bepisandlik bilan gapirmoqchi emasman. Agar jang bo‘lsa, Dichko Jalolovga o‘tkinchi bir raqib bo‘ladi. Jalolov hozir qay darajada ekanini boksni tushunadigan har bir kishi biladi”, dedi O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi.

Bir kun avval, 21 avgust kuni qozog‘istonlik bokschi amerikalik Kreyg Lyuisni (15-8-1, 8 KO) ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, Dichko professional ringda 14 ta jang o‘tkazgan va janglarning 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Jalolov esa 14 jangning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov qozog‘istonlik bokschi bilan jang qilishi mumkin