22:18 / 25.08.2024
115

Kanoeda eshkak eshish. Samarqanddagi Jahon chempionatida antiqa vaziyat ro‘y berdi

Kanoeda eshkak eshish. Samarqanddagi Jahon chempionatida antiqa vaziyat ro‘y berdi
Rossiyalik Zaxar Petrov Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Petrov butun poyga davomida peshqadamlik qildi. Biroq, marraga yaqinlash paytida kanoesi ag‘darilib ketdi va sportchining o‘zi suvga qulab tushdi. Yakunda esa, sportchi shunday holatda finish chizig‘ini kesib o‘tdi.

Qiziq jihati shundaki, hakamlar Petrovni poygani yakuniga yetkaza olmadi deb ta’kidlab, oltin medalni moldovalik Sergey Tarnovskiyga topshirib yubordi.

Biroq, rossiyaliklar delegatsiyasi hakamlar qaroriga nisbatan rasman norozilik taqdim etdi. Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi esa, shikoyatni asosli deb topdi va oltin medalni Petrovga qaytardi. U shohsupaning eng yuqori o‘rnini egallashi uchun 1.47 soniya vaqt kerak bo‘ldi.

Zaxar Petrov 2002 yil Rossiyaning Ryazan viloyatida tug‘ilgan. Yurtimizda o‘tayotgan Jahon chempionatidan avval 2024 yilning boshida Vengriyaning Seged shag‘rida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Samarqandda o‘tayotgan musobaqada esa, shuningdek, 1 km masofaga Ivan Dmitriyev bilan juftlikda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bu galgi Jahon chempionatida rossiyaliklar betaraf maqomda ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanoeda eshkak eshish. Samarqanddagi Jahon chempionatida antiqa vaziyat ro‘y berdi