“Nasaf” – “Andijon” (3:0) o‘rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Tabrik uchun rahmat. Men ham barchani tabriklayman. O‘yindagi tezkor golimiz o‘ylaymanki raqibni rejasiga ta’sir qildi. Tezkor gol urish juda ham muhim. Umuman olganda, uchrashuvda yigitlarimiz sovuqqon harakat qilishdi. Barcha jihatlarda e’tiborli bo‘ldilar. O‘yinni ham, hisobni ham nazoratda ushlab turdilar. Faqat xafa qiladigan bir tarafi, biz ikkinchi o‘yindirki o‘z maydonimizda qizil kartochka olyapmiz. Bu albatta kutilmagan holat bo‘ldi. O‘rtada ozgina tanaffus bo‘ladi va bundan unumli foydalanamiz.
- Chempionatdagi tanaffus vaqtida jamoa biroz o‘yinini yo‘qotib qo‘yadigan holatlar ham kuzatilishi mumkin. Ushbu tanaffus davrida jamoaga qanday motivatsiya bermoqchisiz?
- Bu narsa bo‘lardi. Ammo hozir ushbu holatga e’tibor qaratyapmiz. Mashg‘ulotlar jarayonida siz aytgan narsa takrorlanmasligi uchun ayrim jihatlarni o‘zgartirdik. Bundan oldingi tanaffusdan yaxshi chiqdik. Bundan keyin ham shunga e’tibor qaratamiz. Oldin bu narsaga e’tibor bermasdik. Hozir esa bu ichki sirimiz va shu narsaga ahamiyat beryapmiz. O‘ylaymanki, tanaffusdan keyin ham jamoamizni shu holatga olib kelishga harakat qilamiz. Har bir futbolchimiz o‘yinga shay. Ularni jismoniy holati yaxshi, buni uchrashuvda ham ko‘ryapsizlar. Yigitlarimiz ancha yengil harakat qilyaptilar. Jismonan hech bir jamoaga yutqazayotgani yo‘q. Har bir uchrashuvga jiddiy yondashishimiz kerak.
- Mana shunday o‘yin ssenariysini boshqa klublarga qarshi uchrashuvlarda ham qo‘llay olasizlarmi, masalan tezkor gol urish...
- Har doim ham bunday bo‘lavermaydi-da. Raqiblar e’tiborliroq bo‘lganida gol urishga qiynalib ketasiz. Shu bois ba’zida asabiylashasiz, shoshilasiz. Lekin bugungi o‘yindagi tezkor golimiz raqibni ancha rejalarini buzdi. Biz uchun yengilroq bo‘ldi. Ba’zida rejangiz amalga oshadi, ba’zida amalga oshmasligi mumkin. Ayrim paytlarda shoshilganimiz yoki asabiylashganimizda o‘yinimiz chiqmaydi.
- Bobur Abdiholiqov ko‘proq qanotlarda o‘ynadi. U hujumga qaraganda qanotlarda o‘ynasa foydasi ko‘proq tegayotgandek...
- Boburni birinchi bo‘limdagi harakatlari ajoyib bo‘ldi. Hamma narsani to‘g‘ri bajardi. Golli vaziyatni ham deyarli u yaratib berdi. Jigauriga yaxshi to‘p uzatdi. Bu jamoa uchun foydali bo‘ldi. Boburga o‘sha pozitsiyada to‘p surishini va nimalarga e’tibor qilishini ta’kidlagandik. U bajara oldi, deb ayta olaman. Lekin u hujumchi. O‘zi ham hujumda o‘zimni qulay his qilaman, deb aytadi. Ammo ba’zi uchrashuvlarda kimdir kerakli pozitsiyada o‘ynab berishi kerak bo‘lsa, buni talab qilamiz. Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada bir necha marotaba Akmal Mozgovoydan markaziy himoyachi bo‘lib o‘ynab berishini iltimos qildik va talab qildik. Ko‘rsatmalar berdik, u barchasini to‘g‘ri bajardi. Shuning uchun futbolchilarga universal bo‘lishlarini aytib kelamiz. Bu juda muhim narsa.
- O‘tgan yili hujumkor, quvnoq o‘ynagan “Nasaf” bu yil oltin medal uchun kurashda ehtiyotkor o‘ynayotgandek tuyulyapti. Osiyo Chempionlar ligasi ham boshlanyapti. Balki OCHLda chempionatdan ko‘ra boshqacha “Nasaf”ni ko‘rarmiz?! Keyingi savolim, Da Silva qachon safga qaytadi?
- Futbolda har doim natija birinchi o‘ringa chiqadi. Yaxshi o‘ynaganimiz ba’zida esdan chiqadi. Yomon o‘ynab natija ko‘rsatsangiz uch ochko yodda qoladi. Shu bois natijaga e’tibor berib o‘ynashimiz kerak. Bu faqat “Nasaf” miqyosida emas, hozirgi zamon futbolida shunga e’tibor qaratilyapti. Baribir muxlislarga yoqadigan o‘yinni ko‘rsatishlarini ham talab qilamiz. Silvaga kelsak, birinchi davrada “So‘g‘diyona”ga qarshi 10-daqiqada jarohat olgandi. Shundan keyin bir oylik davolanishi uchun uni Italiyaga jo‘natgandik. Undan keyin qaytgach, jarohatini tiklashiga yanada vaqt berishimiz kerak bo‘ldi. O‘ylaymanki, tanaffus paytida safimizga qo‘shiladi.
- “Andijon” bilan bu yil uchinchi o‘yin bo‘ldi. Chempionatda safarda 1:1 o‘ynagansizlar va Kubokda mag‘lubiyatga uchragansizlar. O‘sha o‘yinlar bilan taqqoslaganda qanday farqlarini ko‘rdingiz? Shuningdek, “Andijon” O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga yetib keldi va jamoaning imkoniyatini qanday baholayapsiz?
- Birinchi davradagi “Andijon” bilan hozirgi “Andijon”ni katta farqi bor. Ruhiy tarafdan ham, jismoniy jihatdan va ishtiyoq tomonlama ham ko‘rdikki, birinchi davradagi jamoaga bugungi “Andijon”ni o‘xshatmadik. Bu mening fikrim. Yigitlarda balki ruhiy pasayish yoki jismoniy jihatdan muammo bordir, buni bilmayman. Bu murabbiylariga yaxshi ayon. Lekin birinchi davrada ko‘rsatgan tajovuzkor futboli, jismoniy holati yaxshiligi va ishtiyoqi ham juda balandligi endilikda oxirgi uchrashuvlarda ko‘rinmayapti. Shunga qaramasdan jamoa yarim finalga yo‘l olgan. Bu tarixiy natijalardan biri. Bu albatta murabbiylar va futbolchilarning mehnati. Keyingi uchrashuvlarda “Andijon” jamoasiga omad tilab qolamiz.
- Bobir Abdiholiqov avval sariq kartochka oldi va keyin qizil ko‘rsatildi. Sariq kartochka ko‘rsatilganidan keyin uni almashtirish rejasi bormidi?
- Rejamizda yo‘q edi. Bilasizmi, Bobir bo‘lganida bu narsa haqida o‘ylamaysiz. Undan bunday narsani kutmaysiz. Nima demoqchi bo‘lganingizni tushundim. Boshqasida sariq kartochka bo‘lsa, hozir ikkinchi sariq kartochkasini olib qo‘yishi mumkinligini sezib turasiz. Lekin Abdiholiqovdan bunday narsani hech kim kutmagandi. Shundan keyin boshqacha o‘zgartirishlar qildik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi