07:26 / 26.08.2024
53

Aleksandr Xomyakov 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: "Natija adolatli bo‘ldi"

Aleksandr Xomyakov 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: "Natija adolatli bo‘ldi"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinni ko‘rdingiz, tezkor gol o‘tkazib yubordik. Keyinroq ikkinchi gol va shundan so‘ng o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Hisob adolatli bo‘ldi, biz bugun "Nasaf"ga qarshilik ko‘rsata olmadik.

- "Andijon" Superliga birinchi davrasini yaxshi o‘tkazgandi. Ikkinchi davrada ketma-ket mag‘lubiyatlar. Xatto durang ham yo‘q. Sizningcha, buning sababi nimada?

- Sabablarni tahlil qilsak, juda ko‘p. Yo‘qotishlar, ruhiyat bilan bog‘liq muammolar. Ishonchni yo‘qotib qo‘ydik. Harakat qilayapmiz, lekin natija bermasa, ishonch yo‘qolib qolayapti. Davomli muammolar girdobiga kirib qoldik.

- Bugun jamoangiz mavsumdagi eng yomon o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Tayyorgarlik yaxshi bo‘lmaganmidi?

- Yo‘q, qanday jamoa maydonga kelayotganimizni bilardik. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Biroq, mezbonlar tezkorlik bilan birinchi golni urishdi va bu bizning rejalarimizga ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi golni ham o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng jamoada ishonch yo‘qolib qoldi, ishtiyoq pasayib ketdi. Shuning uchun ham aytayapman, o‘yin ssenariysiga qarasak, hisob adolatli bo‘ldi.

- "Andijon" ayni damda krizisda ekanini avval ham aytgansiz. Buni bartaraf etish uchun vaqt kerak. Shu vaqt oralig‘ida jamoa autsayderlar chizig‘iga tushib qolishidan cho‘chimaysizmi?

- Ba’zan bunday muammolar bitta g‘alaba ortidan hal bo‘ladi. Biz bugun ham yutqazgani kelmagandik, natija uchun harakat qildik. Oldimizda O‘zbekiston kubogi doirasida mas’uliyatli o‘yin bor. Balki shu uchrashuvda ijobiy natija qayd etsak, jamoa ruhiyati ko‘tariladi, ishonch paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: "Natija adolatli bo‘ldi"