Ibrohimxalil Yo‘ldoshev maydonda jangovar xarakteri bilan ajralib turadi. Yakkakurashlarda hayiqmaydi, oxirigacha kurashadi, o‘zini ham, raqibni ham ayamaydi.
Ayni paytda Qozog‘iston Premer-ligasida “Qayrat” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Sport Plus Qazaqstan nashriga intervyu berib, o‘zi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va kelajakdagi rejalari haqida o‘rtoqlashdi.
- Ibrohimxalil, futbolni qachon boshlagansiz, avvaldan g‘imoyachi pozitsiyada o‘ynab kelganmisiz, shular haqida gapirib bering?
- 11 yoshimgacha Sirdaryoda taekvondo bilan shug‘ullanganman. Sekin-asta futbolga mehr qo‘ydim va natijani shu sport turini tanladim. Mahalliy sport maktabida shug‘ullanib yurganimda 13 yoshimda “Paxtakor” seleksionarlari nazariga tushdim. O‘shandan keyin Toshkentdagi akademiyada yashab, mashg‘ulot o‘tkaza boshladim. Boshida hujumchi pazitsiyasida o‘ynaganman, keyinroq murabbiy meni yarim himoyaga, oxirida himoyaga o‘tkazgan va hozir ham shu joyda o‘ynayman.
- “Qayrat”ga moslashish qanday o‘tdi?
- “Qayrat”ga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganida juda xursand bo‘ldim, chunki bu klub O‘zbekistonda ham mashhur. “Paxtakor”da o‘ynaganimda “Qayrat” bilan turli musobaqalarda to‘qnash kelganmiz. Qolaversa, “Nijniy Novgorod”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Sergey Yuranga meni o‘yinim yoqmay qolgandi va men zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotgandim. “Qayrat”da birinchi kunning o‘zidayoq meni o‘zlarinikidek qabul qilishdi. Bu jamoada ekanimdan juda mamnunman.
- “Qayrat”ga ko‘chib o‘tish oldidan kim bilan maslahatlashdingiz?
- “Qayrat”ga o‘tish masalasini agentim va rafiqam bilan maslahatlashdim, Chunki nafaqat o‘zimga, balki oilamga ham qulay bo‘lishi juda muhim.
- “Qayrat”da Kirill Keker va Aleksandr Kerjakov qo‘l ostida o‘ynab ulgurdingiz. Bu mutaxassislarning o‘rtasidagi farq nimada, Kerjakov kelib, mashg‘ulotlar jarayoni qanday o‘zgardi?
- Men har ikki murabbiyni ham hurmat qilaman. Aleksandr Kerjakov bilan “Nijniy Novgorod”da o‘ynagan davrimdan beri tanishman. Meni Nijniy Novgorodga aynan u chaqirgan va o‘sha jamoada o‘ynatgan.
Umuman olib qaraganda, Rossiya Premer-ligasida o‘ynashimga aynan mana shu murabbiy imkoniyat bergan.
Kirill Keker ham juda yaxshi murabbiy. Menga futbolchi faqat o‘zi va nomi uchun emas, birinchi navbatda, klub manfaati uchun o‘ynashi muhim. Har ikki murabbiy ham shuni talab qilardi.
- Bu yil Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish tajribangiz haqida gapirib bering. O‘zbekiston tarixida birinchi Olimpiya o‘yinlaridagi uchrashuvda o‘ynaganingiz siz uchun qanchalar muhim?
- Men Olimpiadada o‘ynash imkoniyatini juda ko‘p kutgandim, biz musobaqaga borimizni berib tayyorlandik. Men uchun bu faoliyatimning muhim bosqichi. Men Parijda bitta uchrashuvda – Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdim.
U yerda o‘yin darajasi ancha yuqori edi. Olimpiadada qatnashganimdan katta taassurot oldim. Biz butun jamoa bo‘lib, xotirjam va mukammal o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik.
Qizim kasal bo‘lib qolgani uchun Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi ikki uchrashuvda o‘ynamay, zudlik bilan Dubayga uchib ketishimga to‘g‘ri keldi.
Futbolchilar ham oddiy odam, ular bilan ham kutilmagan vaziyatlar ro‘y berishi mumkin. “Qayrat” rahbariyati hayotimning murakkab pallasida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman.
- Qozog‘iston va Rossiya chempionatlari darajasini solishtirib bera olasizmi?
- Ochig‘ini aytsam, Rossiya Premer-ligasi tezkor, u yerda texnika yaxshi, jamoalar kuchli. Rossiyada futbol infratuzilmasi ham yuqori darajada ekani hech kimga sir emas. Muxlislarga tribunalarda alohida sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Futbolchilarning oilalariga alohida sektorlar ajratiladi. Rossiya futbolida maoshlar katta va mukofot pullari tez-tez beriladi.
- “Nijniy Novgorod” safida “Spartak”ga gol urgansiz. Bu gol Rossiyada tanilishingizga ta’sir qildimi?
- Ha, bu gol taniqli bo‘lishimga katta ta’sir o‘tkazdi. Hozir ham Rossiyada personal fanatlarim bor. Ular “Qayrat”dagi o‘yinlarimni ham kuzatib keladi.
- “Qayrat” bu mavsum oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?
- Bu mavsum asosiy vazifamiz Qozog‘iston chempioni bo‘lish. Liga kubogini yutish uchun ham yaxshi imkoniyatga egamiz. Yarim finalning birinchi o‘yinida safarda “Jenis”ga yutqazib qo‘ydik. Lekin javob o‘yinida finalga chiqishga bor kuchimizni berishimizga aminman.
- Shaxsiy maqsadlaringiz haqida gaplashsak, nimalarga erishishni istaysiz?
- Yuqorida aytganimdek, “Qayrat” bilan Qozog‘iston chempioni bo‘lmoqchiman. Keyingi rejalarni hali agentim bilan maslahat qilganim yo‘q.
O‘zimga qolsa, kuchimni Saudiya Arabistoni chempionatida sinab ko‘rishni xohlayman. Yaxshi ko‘rgan jamoam haqida gapirsam, bolaligimdan “Barselona”ga muxlislik qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi