22:26 / 28.08.2024
17

Jon Jons va Stipe Miochich UFC 309 turnirida to‘qnash keladi

Jon Jons va Stipe Miochich UFC 309 turnirida to‘qnash keladi
UFC prezidenti Dana Uayt Jon Jons va Stipe Miochich UFC 309 turnirida jang qilishini ma’lum qildi.

Turnir 17 noyabr oqshomida Nyu-Yorkdagi “Medison-skver-garden” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uayt turnirning to‘liq kardi shakllanganidan so‘ng anonsni e’lon qilishini ta’kidladi.

Og‘ir vazn toifasidagi titul jangi UFC 295 turnirida bo‘lib o‘tishi lozim edi, biroq Jons jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazganidan so‘ng jang bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 5 mart kuni UFC 285 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan jangda Jon Jons og‘ir vazn toifasida vakant kamar uchun Siril Ganga (11-2) qarshi jang qilgandi. Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni birinchi raunddayoq Ganni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etib, og‘ir divizion tituliga ega chiqqandi.

Miochich esa 2021 yil mart oyidan buyon oktagonga ko‘tarilmagan. O‘shanda Frensis Ngannu Stipeni nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jon Jons va Stipe Miochich UFC 309 turnirida to‘qnash keladi