
Xabaringiz bor, "Real" hujumchisi Endrik "Valyadolid"ga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Real" 2030 yilgacha Endrikning har bir gol va golli uzatmaci uchun "Palmeyras"ga 35 000 dollardan to‘lab boradi. Ushbu pullar shartnomaning bonus paketida belgilangan va u hujumchining samaradorligiga qarab, 12,5 mln dollargacha yetib borishi mumkin.
Shuningdek, Endrikning asosiy tarkibda boshlagan yoki 45 daqiqadan ko‘proq maydonda o‘tkazgan uchrashuvi "Real"ga 75 000 dollarga tushadi. Agarda "Real" Endrik bilan YECHLda zafar quchsa, "Palmeyras" 500 000 — 2 mln dollargacha pul ishlab oladi.
Endrik "Golden Boy", "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritsa yoki FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchilari uchligiga kira olsa, "Palmeyras" qo‘shimcha 1 — 2 million dollar foyda ko‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar