
Monakoda futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 2024/25 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning yangi formatida 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatchaga bo‘lingan. 36 ta jamoa bitta jadvalga jam bo‘ladi. Yuqoridagi 8 ta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi, 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lganlar esa o‘zaro bahs olib borib, nimchorak final uchun kurashadi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalarga esa mavsum yakunlanadi.
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Roma” jamoasi Yevropa Ligasidagi raqiblari nomini bilib oldi:

“Roma”ning raqiblari: “Ayntraxt”, “Braga”, “Dinamo” Kiyev, “Atletik”; “Tottenhem”, “AZ”, “Yunion”, “Elfsborg”.
Quyida 1-savatchadagi jamoalarning raqiblari bilan tanishish mumkin:

Yakuniy jadval hamda o‘yinlarning boshlanish vaqti 31 avgust kuni e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar