Mbappe “Real” istagiga qarshi bordi

Mbappe “Real” istagiga qarshi bordi
“Real” klubining talablari Kilian Mbappega to‘g‘ri kelmaganini Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham oshkor qildi.

Ma’lumki, “Qirollik klubi” fransiyalik legionerning yozda Yevropa chempionatida ishtirok etgani uchun yetarli darajada dam olmaganini inobatga olib, Fransiya terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘in va uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Biroq Didye Desham Mbappeni tarkibga kiritdi. Fransiyalik mutaxassis bu qaror Kilian Mbappening tashabbusi ekanini ta’kidladi.

- Men Kilian Mbappening yaxshi sport formasida ekanini ko‘rdim. Shu bois u tarkibda va bu shaxsan uning qarori, - dedi Didye Desham.

Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 6 sentyabr kuni Italiya va 9 sentyabrda Belgiya futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar