07:39 / 01.09.2024
6

Parij-2024: Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi

Parij-2024: Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish bahslari yakunladi. Unda ishtirok Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, O‘zbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Yorqinbek Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi (5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij-2024: Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi