08:28 / 03.09.2024
147

Sayyoraning 2-raqamli eng uzun odami Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda

Sayyoraning 2-raqamli eng uzun odami Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda
Foto: Getty Images
Mehrzod nomi bilan mashhur eronlik sportchi Morteza Mehrzodselakjoniy uch karra Paralimpiya chempioni bo‘lishi mumkin. Uning bo‘yi deyarli 2,5 metrni tashkil etadi. Ushbu natija uni dunyodagi ikkinchi eng baland odamga aylantiradi.

Sportchi bunday bo‘y sabab Parij Paralimpiya bahslari davomida polda uxlashga majbur bo‘lmoqda.

Morteza Mehrzodselakjoniy o‘tirgan holda o‘ynaladigan volleybol bo‘yicha Eron milliy jamoasining ajoyib o‘yinchisi hisoblanadi. Jamoa bosh murabbiyi Hadi Rezaygarkoniy OAVga sportchiga Tokiodagi o‘yinlarda bo‘lgani kabi maxsus yotoq berilmagani va u yerda uxlab qolishga majbur bo‘layotganini aytdi.

Uning maxsus krovati yo‘q, lekin uning hayotdagi eng muhim maqsadi bor, deb ta’kidladi murabbiy. u yerda uxlayotgani yoki to‘yib ovqatlanmayotgani muhim emas. Uning uchun asosiysi — chempion bo‘lish”.

Foto: Getty Images
Eron 1988 yildan beri o‘tirgan holda o‘ynaladigan voleybol bo‘yicha to‘qqizta Olimpiya o‘yinlarining yettitasida g‘olib chiqdi. Parijdagi oltin 2016 yilda Paralimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan Mehrzodselakjoniy uchun uchinchisi bo‘lishi mumkin.

Sportchiga bolaligida o‘ng oyog‘i chap oyog‘idan 15 santimetr kaltaroq bo‘lishiga olib keladigan kam uchraydigan gormonal kasallik bo‘lgan akromegaliya tashxisi qo‘yilgan. O‘smirlik chog‘ida u velosipedda halokatga uchraganida tos suyagidan ham jarohat olgan.

Milliy terma jamoa murabbiyining aytishicha, u birinchi marta Mehrzodselakjoniy haqida 2011 yilda mahalliy telekanallardan biridagi realiti-shouda o‘z hayot qiyinchiliklari bilan o‘rtoqlashganida bilgan.

Menimcha, Mehrzodselakjoniy 11 yilni uyida ko‘chaga chiqmay o‘tkazdi. Eng baland bo‘yli odam bo‘lgani uchun u odamlarning yonida o‘zini noqulay his qilardi. Lekin hozir hamma unga chempionga qaragandek qaraydi”, deydi Rezaygarkoniy.

Foto: Getty Images
Mehrzodselakjoniy Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng baland bo‘yli sportchi sanaladi — hattoki, o‘tirganda ham uning bo‘yi 1,8 metrdan oshadi. Tokio uchun maxsus tayyorlangan karavotga ega bo‘lgan sportchi Parijda polda uxlashi kerak. Uyatchan sportchi ba’zan nogironlar aravachasidan foydalanadi va tashqariga chiqishdan uyalib, besh yilni uyida yolg‘iz o‘tkazdi.

Avvallari odamlar menga hayrat bilan qarashardi, dedi u 2016 yildagi debyutidan so‘ng Eron Paralimpiya qo‘mitasiga. Ammo men o‘tirgan holda voleybol o‘ynashni boshlaganimdan va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritganimdan so‘ng, endi odamlar men bilan uchrashishdan xursand bo‘lib, selfi so‘rashmoqda”.

Ma’lumot uchun, Eron jamoasi Parijdagi Olimpiadada ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Jamoa Ukraina va Braziliya jamoalari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sayyoraning 2-raqamli eng uzun odami Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda