
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida KXDR terma jamoasiga bahs olib boradi.
Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Termamiz JCH saralashi Osiyo mintaqasining "A" guruhidan o‘rin olgan. Guruhimizdan Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va bugungi raqibimiz KXDR terma jamoalari joylashgan.
O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni o‘monlik Ahmad Abu Bakar Al Kaf boshqarib boradi. Mazkur uchrashuv uchun terma jamoamizning taxminiy tarkibi bilan tanishing.
Darvozabon: O‘tkir Yusupov;
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev;
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov, Odiljon Hamrobekov;
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov, Oston O‘runov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar