JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng (1:0) mehmonlar ustozi Sim Yong Gam uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Uchrashuv haqida...
- Bugun biz o‘z maqsadimizga erisha olmadik. O‘yin kutganimizdan yuqori tempda o‘tdi. Biz yaxshiroq natija kutgandik. O‘ylaymanki, navbatdagi o‘yinlarga yuqoriroq darajada tayyorgarlik ko‘rib, yaxshiroq natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- KXDR bugun yaxshi harakat qildi deb hisoblaymiz. Jamoangiz ko‘rsatgan o‘yinga qanday baho berasiz?
- Barchaga ma’lumki, futbolda doim ham o‘zingiz istagan natijaga erisha olmaysiz. Bizning maqsadimiz - endi navbatdagi o‘yinga asosiy e’tiborni qaratishdir.
- O‘zbekistonning qaysi jihati KXDR terma jamoasiga halal berdi deb o‘ylaysiz?
- Futbolda asosan taktikalar, sxemalar muhim ahamiyatga ega. Jamoalar doim ham o‘zlari kutgan natijaga erisha olmaydi. O‘zbekistonning kuchli jihati haqida gapirishni istamayman. Ularga shunchaki keyingi o‘yinlarda omad tilayman.
- Keyingi o‘yin Qatarga qarshi bo‘ladi. Ular O‘zbekistonni ham mag‘lub etishgan. Navbatdagi o‘yin haqida nima deya olasiz?
- Aytib o‘tganingizdek, Qatar kuchli jamoa va amaldagi Osiyo chempioni. Ular yaxshi tayyorgarlikka ega. Futbolda barcha narsa, siz kutmagan narsalar ham sodir bo‘lishi mumkin. Biz Qatar bilan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim va shu orqali biz yaxshi natijaga ega bo‘lishimiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»