10:02 / 07.09.2024
14

Millatlar Ligasi. Italiya Fransiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Millatlar Ligasi. Italiya Fransiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahslar 6 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Fransiya Italiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 13-soniyasidayoq Barkolyaning goli evaziga fransuzlar hisobda oldinga chiqib oldi. 30-daqiqada Dimarko hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni italyanlar bosim bilan boshlab, gol urdi. 50-daqiqadagi gol muallifi Frattezi bo‘ldi. 74-daqiqada Raspadori hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Italiya 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Belgiya Isroilni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Belgiyaliklar safida Yuri Tilemans bitta gol urgan bo‘lsa, Kevin de Bryuyne dublni rasmiylashtirdi.

Uels esa Turkiya bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Yilmaz qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda Turkiya bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Millatlar Ligasi
1-tur

6 sentyabr, juma

Fransiya – Italiya 1:3
Gollar
: 1:0 – 1 Barkolya, 1:1 – 30 Dimarko, 1:2 – 50 Frattezi, 1:3 – 74 Raspadori.
Fransiya: Menyan, Teo, Saliba, Konate, Kloss (Kunde, 78), Kante (Zair-Emeri, 77), Fofana (Kone, 58), Olise (Dembele, 58), Barkolya, Grizmann (Tyuram, 77), Mbappe.
Italiya: Donnarumma, Kalafori (Buonjorno, 71), Bastoni, Di Lorenso, Pellegrini (Raspadori, 46), Dimarko (Breshianini, 81), Kambyazo, Tonali, Richchi, Frattezi (Udoji, 62), Retegi (Kin, 81).
Ogohlantirishlar: Retegi (49), Kone (60).

Belgiya – Isroil 3:1
Gollar
: 1:0 – 21 de Bryuyne, 1:1 – 36 Kastan (avtogol), 2:1 – 48 Tilemans, 3:1 – 52 de Bryuyne (penalti).
Belgiya: Kastels, de Keyper (Debast, 64), Teate, Fas, Kastan, Tilemans (Engels, 74), Onana, de Bryuyne, Doku (Dyuranvil, 74), Lukebakio (Bakayoko, 82), Openda (de Ketelare, 64).
Isroil: Jarafi, Shlomo, Naxmias, Gandelman (Revivo, 63), Glux (Peres, 63), Solomon (Biton, 80), Gruper (David, 64), Abu-Fani (Jaber, 68), Lavi, Yexezkel, Xalayli.
Ogohlantirishlar: Abu-Fani (33), de Bryuyne (77).

Uels – Turkiya 0:0
Uels
: Uord, Uilyams, Devis, Rodon, Roberts, Jeyms, Ampadu, Uilson, Tomas (Kumas, 72), Remzi (Mur, 72), Jonson.
Turkiya: Gyunok, Myuldyur, Chelik, Bardakji, Seyunjyu, Ayxan, Yildiz (Aktyurkoglu, 77), Yuksek (Yokushlu, 77), Kekchyu (Chalhanoglu, 64), Gyuler, Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Yildiz (25), Uilson (28), Jonson (29), Yilmaz (31), Ayxan (39), Seyunjyu (60), Myuldyur (62).
Chetlatish: Yilmaz (62).

Sloveniya – Avstriya 1:1
Gollar
: 1:0 – 16 Sheshko (penalti), 1:1 – 28 Laymer.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Italiya Fransiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi