17:45 / 07.09.2024
57

Ro‘za Qo‘ziyeva ikkinchi bor Paralimpiya bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Ro‘za Qo‘ziyeva ikkinchi bor Paralimpiya bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Paralympic
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ro‘za Qo‘ziyeva 147 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, Ro‘za bahslar davomida ikki marotaba paralimpiya o‘yinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. Lekin braziliyalik Mariana D'Andrea 148 kg natija bilan yakunda eng yaxshi natijani ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Ro‘za Qo‘ziyeva Tokio Olimpiadasida ham kumush medalga sazovor bo‘lgandi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining kumush medallari 9 taga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘za Qo‘ziyeva ikkinchi bor Paralimpiya bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi