25
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylandi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi o‘tkazildi. Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olindi.
Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Bungacha Otabek Muhammadaliyevich muddati qisqa bo‘lgan davr – Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vitse-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qit’amizdagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga mas’ul bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Otabek Umarovning so‘nggi yillarda sport boshqaruvida erishgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etilib, bugun yanada mas’uliyatli lavozimga saylandi va endi u butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Olimpizm harakatining rivojiga mas’ul bo‘ladi.
Tadbirda so‘z olgan Otabek Muhammadaliyevich qit’amiz sporti jahonda yanada katta e’tirofga sazovor bo‘layotgani, buning isboti o‘laroq Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida Osiyoning 4 davlati TOP-15 talikdan joy olgani, Prezidentimizning sportni qo‘llab-quvvatlashlari bilan O‘zbekiston o‘z tarixida eng yaxshi natijani qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bildirilgan ishonchni oqlashga, mintaqada Olimpizmning pok va ezgu g‘oyalarini yanada keng targ‘ib qilishga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi