
Qirg‘iz Respublikasi birinchi turda Eronga safar qilib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik terma jamoaning o‘yinini maqtadi va forslarga yetarlicha xavf tug‘dira oldi, deb hisoblamoqda.
To‘g‘ri, ayrim qismlarida jamoa ustunlik qilishga muvaffaq bo‘lgan, ammo bu ularning bosimi evaziga emas, forslar 5-10 daqiqalik tempni pasaytirgan paytda yuzaga kelgan epizodlar yig‘indisi.
Qirg‘iz Respublikasi 1-turda mudofaada turib, qarshi xujumga tez o‘tish va tartibli ximoyalana olishini ko‘rsatdi, ammo muammolari xam yetarlicha. Yarim himoya chizig‘ining bosim chog‘i o‘yindan tushib qolishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Eron bilan o‘yin davomida qo‘shnilarimiz bor yo‘g‘i 47 ta uzatmani amalga oshirgan. Ularning atigi 27 tasi manzilga yetib borgan, xolos. Raqib yakkakurashlar va ikkinchi qavatdagi janglarga urg‘u beradi. Shu fazadagi duellarda yengilmaslik shart!
Eron darvozasi oldidagi yagona golli vaziyat xam Kojoning bo‘sh zonaga qochib chiqishiga berilgan uzun pas mevasi.
Biz uchun "mayda pasli" Shimoliy Koreyadan ko‘ra, qirg‘izlar strategik va stilistik tomondan ancha qulayroq. Ijrochilar o‘rtasidagi farqni tabloga ko‘chirishni o‘zi g‘alaba uchun kifoya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar