09:22 / 10.09.2024
146

Eron bosh murabbiyi: "Osiyo kubogida ular bilan o‘ynadik, ammo bu o‘yin shartlari boshqacha"

Eron bosh murabbiyi: "Osiyo kubogida ular bilan o‘ynadik, ammo bu o‘yin shartlari boshqacha"
Xabaringiz bor, bugun "JCH-2026" 3-saralash bosqichi doirasida Eron va BAA terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv oldidan forslar ustozi Amir Galenoy matbuot anjumanida qatnashdi.

"Nima bo‘lganda ham, bu ikkinchi o‘yin sifatli bo‘lishiga ishonchim komil. BAA haqida biz ham, ular ham biz haqimizda yaxshi bilishadi. Osiyo kubogida ular bilan o‘ynadik, ammo ertangi o‘yin shartlari boshqacha.

Ertaga maydon sifati tufayli yaxshi o‘yin bo‘ladi va jamoamiz birinchi o‘yinga qaraganda ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Biz BAA va Qatar o‘rtasidagi o‘yinni tahlil qildik. Ular qarshi hujumda anchagina ishlagan.

- BAA chempionatida Azmun, Izatullohi kabi terma jamoaning yetakchi futbolchilari o‘ynashadi. Ular sizga qanchalik yordam berishdi?

- Men futbolchilik faoliyatimda ham, murabbiylik faoliyatimda ko‘p marotaba BAA klublari bilan to‘qnashganman. Ha, to‘g‘ri ba’zi futbolchilarimiz Amirliklar chempionatida o‘ynaydi va bu bizga ancha ustunlik beradi.

- Eron futbolining so‘nggi yillardagi taraqqiyotga erishmoqda va buning sabablari nimalarda deb o‘ylaysiz?

- Eron futbolida har doim kuchli futbolchilar, katta nomlar har doim bo‘lib kelgan. Bizda Qatar ligasi, Amirliklar ligasi va Yevropada legioner bo‘lgan ajoyib futbolchilar doimo borligini aytmasam juda yaxshi bilasiz. Eron Osiyoning eng yirik futbol qutblaridan biri hisoblanadi. Doimo bizdan yuqori natijalar kutilgadi.

Xudo xohlasa, jahon chempionatiga chiqishimiz uchun o‘yindan-o‘yinni yaxshilashga umid qilamiz. Garchi bizda qiyin raqiblar bo‘lsa-da, ammo jamoadagi shu ambitsiya va harakat bilan biz o‘yindan-o‘yinni yaxshilashimizga ishonaman.

- Jamoa Qirg‘iz Respublikasiga qarshi juda qiynaldi. Raqib kuchliroq o‘ynadimi, yoki jamoangizning o‘yini chiqmadimi?

- Bu normal holat. Jamoa har doim ham yuqori sifatli o‘ynay olmaydi. Futbolning go‘zalligi uni oldindan aytib bo‘lmasligidadir. Birinchidan maydon sifati juda ham yomon edi, ammo ertangi o‘yinda yaxshi maysali maydonda o‘ynaymiz, - dedi Eron terma jamoasi ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron bosh murabbiyi: "Osiyo kubogida ular bilan o‘ynadik, ammo bu o‘yin shartlari boshqacha"