21:01 / 10.09.2024
64

JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston qiyin kechgan o‘yinda Qirg‘iziston ustidan g‘alabaga erishdi

JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston qiyin kechgan o‘yinda Qirg‘iziston ustidan g‘alabaga erishdi
Foto: “O‘FA”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 2-turida Qirg‘izistonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida “Dinamo” klubi futbolchisi Kojo gol urib mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 2 daqiqa o‘tib Eldor Shomurodov tezkor gol bilan javob berdi.

35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov O‘zbekiston himoyasida yuzaga kelgan xato sabab darvozaga zarba yo‘lladi. Kuchsiz bo‘lgan zarba oxir oqibatda Yusupov darvozasidan joy oldi—2:1.

Birinchi bo‘lim oxirida Husniddin Aliqulov bosh bilan ajoyib zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim 2:2 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida boshlandi. 72-daqiqada qanotda to‘pni egallab olgan Oston O‘runov ajoyib harakatlar bilan hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi.

JCH—2026 saralashi
10 sentyabr, seshanba
Qirg‘iz Respublikasi — O‘zbekiston 2:3
Gollar
: Joel Kojo (Alimardon Shukurov) 15, Eldor Shomurodov (Otabek Shukurov) 17, 1:1, Odiljon Abdurahmonov (Eldiar Zaripbekov) 35, 2:1, Husniddin Aliqulov (Sherzod Nasrullayev) 45 2:2

Qirg‘iz Respublikasi: 1. Erjan Tokotayev, 2. Valeriy Kichin, 3. Tamirlan Kozubayev, 6. Kristian Brauzman, 7. Joel Kojo (9. Ernist Batirkanov,78), 12. Odiljon Abdurahmonov, 14. Aleksandr Mishenko (4. Said Datsiyev, 89), 17. Eldiar Zaripbekov (11. Kimi Merk, 89), 18. Kairat Jgalbek Uulu (10. Guljigit Alikulov, 60), 19. Ermek Kenjebayev (15. Suiuntbek Mamaraliyev, 78) 22. Alimardon Shukurov.
Zaxira: 5. Arslan Bekberdinov, 8. Ahmedov Murolimjon, 3. Sultan Chomoyev, 16. Artyom Priadkin, 20. Nurdoolot Stalbekov, 21. Kai Merk, 23. Erbol Atabayev.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Xojiakbar Alijonov (19. Aziz Turg‘unboyev,62) , 5.Rustam Ashurmatov (Abdulla Abdullayev, 62), 7.Otabek Shukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22. Abbosbek Fayzullayev, 75) 11.Oston O‘runov (20. Xojimat Erkinov,89), 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Ergashev, Ne’matov, Sayfiyev, Hamraliyev, Mozgovoy, Iskanderov, Amonov, Abdixoliqov.

Ogohlantirish: Rustam Ashurmatov (O‘zbekiston) 33, Eldor Shomurodov 90+4

2-tur o‘yinlaridan keyin A guruhidagi vaziyat:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston qiyin kechgan o‘yinda Qirg‘iziston ustidan g‘alabaga erishdi