Shaxmat Olimpiadasi. Shaxmatchilarimiz musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oldi.
Ushbu musobaqada amaldagi chempion sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi o‘z yurishini boshladi.

Foto: Uzchess
Musobaqaning 1-turida erkaklar O‘zbekiston erkaklar jamoasi Trinidad va Tobago bilan, ayollar terma jamoasi esa Gaiti bilan bahs olib bordi.
Ilk raundda musobaqaning 4-raqamida saralangan erkaklar jamoasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 3,5:0,5.
O‘zbekiston — Trinidad va Tobago 3,5 : 0,5

Foto: Uzchess
Qizlar jamoasining barcha a’zosi g‘alaba qozonishni uddaladi.
O‘zbekiston — Gaiti 4:0
Ushbu raundda yigitlar jamoasdan Javohir Sindorov, qizlar jamoasidan Marjona Malikova zahirada qoldi.
Olimpiadaning 2-tur uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar jamoasi Misrga qarshi dona suradi. Qizlar jamoasi esa Angola bilan bellashadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu musobaqada amaldagi chempion sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi o‘z yurishini boshladi.

Foto: Uzchess
Musobaqaning 1-turida erkaklar O‘zbekiston erkaklar jamoasi Trinidad va Tobago bilan, ayollar terma jamoasi esa Gaiti bilan bahs olib bordi.
Ilk raundda musobaqaning 4-raqamida saralangan erkaklar jamoasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 3,5:0,5.
O‘zbekiston — Trinidad va Tobago 3,5 : 0,5
- Nodirbek Abdusattorov - Joshua Jonson 1:0;
- Nodirbek Yakubboev - Kuinn Kabralis 0,5:0,5;
- Shamsiddin Vohidov - Kevin Kupid 1:0;
- Jahongir Vahidov - Xarper Ryan 1:0.

Foto: Uzchess
Qizlar jamoasining barcha a’zosi g‘alaba qozonishni uddaladi.
O‘zbekiston — Gaiti 4:0
- Afruza Hamdamova - Rouz Sein 1:0;
- Nilufar Yakubboeva - Merisena Kadeau 1:0;
- Umida Omonova - Jonet Davena 1:0;
- Nodira Nodirjonova - Kineberli Dunat 1:0.
Ushbu raundda yigitlar jamoasdan Javohir Sindorov, qizlar jamoasidan Marjona Malikova zahirada qoldi.
Olimpiadaning 2-tur uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar jamoasi Misrga qarshi dona suradi. Qizlar jamoasi esa Angola bilan bellashadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…