18:32 / 12.09.2024
35

Shaxmat Olimpiadasi: ikkinchi tur bizga Afrika vakillarini ro‘baro‘ qildi

Shaxmat Olimpiadasi: ikkinchi tur bizga Afrika vakillarini ro‘baro‘ qildi
Vengriyaning Budapesht shahri shaxmat olamining eng nufuzli musobaqasi 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Butun dunyodan 200 ga yaqin davlat terma jamoalar erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Olimpiada ishtirokchilarining umumiy soni 630 nafar sportchini tashkil qilmoqda. Ulardan 246 nafar grossmeysterlardir.

Bu musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda o‘tkazilgan avvalgi musobaqada qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonini himoya qilyapti.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshlab olgan O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari ikkinchi turda Afrika qit’asi vakillariga ro‘baro‘ keldi.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning birinchi turida Trinidad va Tobago terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi turda grossmeysterlarimiz Misr terma jamoasi shaxmatlariga qarshi dona suradi.

Juftliklar quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:
  • Grossmeyster Adham Favziy 2507 – grossmeyster Nodir Abdusattorov 2766
  • Xalqaro toifadagi sport ustasi Karim Vajix 2402 – grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev 2666
  • Xalqaro toifadagi sport ustasi Hamid Vafo 2368 – grosmeyster Javohir Sindorov 2677
  • FIDЕ ustasi Samih Sodiq 2269 – grossmeyster Shamsiddin Vohidov 2650.

Xotin-qizlar musobaqasida birinchi turda gaitilik qizlar ustidan 4:0 hisobida zafar quchgan shaxmatchilarimiz navbatdagi uchrashuvni Angola terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Unda quyidagi juftliklar o‘zaro raqobat olib boradi:
  • Ayollar o‘rtasida FIDЕ ustasi Jemima Paulo 2037 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Afruza Hamdamova 2313
  • Ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Esperansa Chaxita 1932 – ayollar o‘rtasida grossmeyster Nilufar Yoqubboyeva 2248
  • Ayollar o‘rtasida FIDЕ ustasi Ednasiya Junior 1888 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova 2032
  • Ayollar o‘rtasida FIDЕ ustasi Lutsiya Pires 1877 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Marjona Malikova 2083.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, har bir terma jamoa besh nafar shaxmatchilan tarkib topadi. Har turda ulardan to‘rt nafari dona suradi va bittasi zaxira o‘yinchisi vazifasini bajaradi. Musobaqa shveysarcha tizimda 11 raunddan iborat bo‘ladi.

Vaqt nazorati 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, o‘yin tugashigacha 30 daqiqa qo‘shiladi, har bir yurish uchun birinchisidan boshlab +30 soniya beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat Olimpiadasi: ikkinchi tur bizga Afrika vakillarini ro‘baro‘ qildi