Madridning “Real” klubi ispan klublari ichida eng yuqori maosh limitiga ega.
La Liga yozgi transferlar oynasi yakunlangach, Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizion klublari futbolchilari va murabbiylar shtabi uchun maosh miqdorini e’lon qildi. Xarajatlar limitiga doimiy va o‘zgaruvchan ish haqi, ijtimoiy sug‘urta, jamoaviy sug‘urta badallari, transfer xarajatlari, shu jumladan agentlar komissiyalari va amortizatsiya kiradi.
“Real” ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchiligini saqlab qoldi — Madrid klubi maoshlar uchun 754,9 million yevro sarflashi mumkin. Qishki transferlar oynasida esa “Real”ning maoshlar chegarasi 727,45 million yevroni tashkil etgan edi.
Ikkinchi o‘rinda esa Kataloniyaning “Barselona” jamoasi joylashgan. “Ko‘k-anorranglilar”ning maoshlar limiti 270 dan 426 million yevrogacha oshgan. Marca nashrining yozishicha, “Barselona”ning moliyaviy holati sezilarli darajada yaxshilanganiga qaramasdan, klubning maoshlar ko‘rsatkichi ortiqcha bosim ostida qolmoqda va qishda klub yana futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelishi mumkin.
Ispaniya klublari orasida 3-o‘rinni 310,7 million yevro bilan “Atletiko” egallab turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi