
Xabaringiz bor, kecha Superliganing 18-turiga start berildi. Mazkur tur doirasida bugun ham ikkita ajoyib bellashuv bizni kutmoqda.
"Navbahor" o‘z maydonida "Nasaf" bilan bahs yuritsa, "Bunyodkor" esa safarda "Dinamo" bilan bahs olib boradi. Har ikki o‘yin ham soat 19:30 da boshlanadi.
Hozirda turnir jadvalida yaqqol peshqadamlikni qo‘lga olgan "Nasaf" uchun bugungi o‘yin juda muhim. "Ajdarlar" hisobida jami 38 ochko mavjud. Agar bugungi o‘yinda jamoa g‘alabaga erishsa, katta ehtimol bilan chempionlikni hal qiladi.
Ushbu bahsdagi natija "Navbahor" uchun ham katta ahamiyatga ega. "Lochinlar" bellashuvda zafar quchsa, ochkolar sonini 26 taga yetkazib oladi va "Surxon"ni ortda qoldirgan holda 6-pog‘onaga ko‘tarilib oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar