30
Ro‘ziqul Berdiyev: "Bizning yaxshi o‘yinimizni ertaga hech kim eslamasligi mumkin, ammo natijani eslab qolishadi"
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Yigitlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun kurashlarga boy o‘yin bo‘lishini bilgandik. E’tiborliroq bo‘lishimiz kerakligi haqida aytib o‘tgandim. Bugungi uchrashuvda "Navbahor" biroz ustunlik qildi. Biz juda muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- 18-turda "Nasaf"ning deyarli barcha raqobatchilari ochko yo‘qotdi. Nima deb o‘ylaysiz, chempionatimizda chempionlik "poygasi" yakunlanib qoldimi?
- Biz chempionlikka yaqinmiz, ammo oxirigacha kurashish kerak. Mening fikrimcha, biz chempionlikka munosib o‘yin ko‘rsatyapmiz. So‘nggi turga qadar kurashishda davom etamiz.
- "Nasaf" o‘yin bo‘yicha yutqazgan uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib ketyapti. Bu chempionlarga xos jihat. Jamoangiz raqibdan kuchsizroq bo‘lgan o‘yinda ham g‘alaba qozonib ketayotganiga nima sabab bo‘lyapti?
- Mening fikrimcha, maqsadimiz sari bo‘lgan ishtiyoq asosiy rolni o‘ynamoqda. Biz har bir uchrashuvda natija uchun maydonga chiqyapmiz. To‘g‘ri, sifatli yoki chiroyli futbol muxlislarga ko‘proq qiziq bo‘lar, ammo biz uchun natija ustunroq. Biz imkon qadar e’tiborli va tartibli o‘yin namoyish etishga harakat qilyapmiz. Asosiy omillar deb o‘ylayman.
- Jamoangiz keyingi uchrashuvini Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘tkazadi. Bugun ham keyingi uchrashuvni o‘ylagan holda o‘ynadingizlarmi?
- Bugungi o‘yinning ahamiyati juda katta edi. Bizda zaxira o‘rindig‘imiz ham ancha yaxshi. OCHLda zaxirada qolgan futbolchilardan foydalanamiz. Bugun uch nafar futbolchimiz o‘yinni o‘tkazib yubordi. OCHLda o‘ynash oson emas, raqibimiz ham o‘z mamlakati chempioni. Iqlim ham bizga muammo tug‘dirsa kerak. Sababi, Kuvaytda havo hali hamon issiq. Kuvaytga g‘alaba uchun boramiz.
- Odatda mayda paslar bilan o‘ynaydigan "Nasaf", bugun uzun paslar orqali o‘yin olib bordi. Bunga nima sabab bo‘ldi? Balki maydon holati bunga xalal bergandir?
- Maydon haqida gapirishni istamayman. Bugun futbolchilarga sifatli va aniq o‘ynanglar deya ko‘rsatma bermadim. Bugun natija uchun kurashishimiz kerak edi. Shu sababli, o‘yinda kuzatilgan "brak"larga katta e’tibor berganim yo‘q. Muhimi xatosiz o‘yin o‘tkazish edi. Bizning yaxshi o‘yinimizni ertaga hech kim eslamasiligi mumkin, ammo natijani va qo‘lga kiritilgan uch ochkoni eslab qolishadi. Bugungi uch ochko juda muhim edi.
- Joriy mavsumda "Navbahor" bilan uchinchi marotaba to‘qnash kelishingiz. Uch uchrashuvda ham "Navbahor"ni har xil murabbiylar boshqardi. Kubokdagi uchrashuvda Babayan, avgust oyidagi o‘yinda esa Kolosovskiy va bugungi uchrashuvdagi bosh murabbiy Lushchan bo‘ldi. O‘zaro to‘qnashuvlarni solishtira olasizmi? "Navbahor" shu uchrashuvlar davomida qanchalik o‘zgaribdi?
- Bu haqda chuqur o‘ylab ko‘rish kerak. "Navbahor" tarkib jihatidan eng kuchli jamoalardan biri. Kolosovskiy jamoani boshqargan uchrashuvda "Navbahor" uch nafar himoyachi bilan harakat qilgandi. Babayan davrida esa, ko‘proq vertikal futbol qo‘llanilar edi. Bugun esa, jamoa ko‘proq to‘pni nazorat qilishga harakat qildi.
- Legionerlar namoyish etayotgan o‘yin sizni qanchalik qoniqtirmoqda?
- Zoran bugun jamoaga ko‘p yordam berdi. Yana bir narsani ta’kidlab o‘tishim kerak, bugun legioner o‘yin taqdirini hal qildi. Gruziyalik futbolchimiz yagona golga mualliflik qildi. Jigauri ham legioner. Marko Stanoyevich ham zaxiradan maydonga qo‘shilib, jamoaga foyda keltirdi. Men legioner yoki boshqa bir futbolchi deb ajratmayman, bugungi g‘alaba uchun barcha futbolchilar hissa qo‘shishdi.
- "Nasaf"ning bir nechta futbolchisi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgandi. Jamoangiz zich taqvimga qadam qo‘ymoqda. OCHL, Superliga va FIFA kunlari bor. Jamoangiz bunday zich taqvimga qanchalik tayyor? Jarohatlar soni ko‘payib ketishi sizni xavotirga solmayaptimi?
- Zaxira o‘rindig‘imiz biroz "boyroq". Zaxiradagi futbolchilarga tayanamiz. Shuningdek, tanaffusda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz. Bu juda muhim narsa. Jamoa o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, ammo jismoniy holat yaxshi bo‘lsa, ushbu kamchilikni yopib ketish mumkin.
- Jambuli Jigaurining o‘yini ancha ochilib ketdi. U ketma-ket o‘yinlardan buyon gollar urmoqda. Ushbu holatga fikr bildirib o‘tsangiz?
- Jigauri asosan hujum ortida o‘ynaydi va statistikaga e’tibor qaratsak, u o‘zining faoliyati davomida 7-8ta gol urgan mavsumlar ham bo‘lgan. Jaba o‘tgan mavsumda ham bir nechta juda muhim gollarni o‘rgandi.
- Hujumchi uchun 7-8ta gol yaxshi natijami? Ustiga-ustak hujumchi legioner bo‘lsa?
- Jaba sof hujumchi emas, u hujum ortida o‘ynaydi va ko‘p "qora mehnat" qiladi. Sof hujumchi uchun 7-8ta gol yaxshi natija emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi