O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi Anasxon Rahmatov JCH-2024 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng saytimizga intervyu berdi.
- O‘yin haqida
- Birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘lgan. Bugun ham shunday holat takrorlandi. O‘yin so‘ngida mag‘lubiyatdan qutulishni uddaladik. Muxlislar so‘nggi lahzalargacha qo‘llab-quvvatlashdi.
- Bugungi natija o‘yinga mos bo‘ldimi? Natijadan ko‘nglinigiz to‘ldimi?
- Yo‘q, sababi har bir jamoa turnirni g‘alaba bilan boshlashni xohlaydi. Biroq mag‘lubiyatni durangga aylantira olganimiz yaxshi bo‘ldi.
- Jamoaning g‘alaba qozonishiga nima yetishmadi?
- Tarkibda yoshlar ko‘p edi. Menimcha, tajriba yetishmadi.
- Jamoa yutqzayotgan paytda O‘zbekiston bosh murabbiyi taym-ayt oldi, shundan so‘ng hakam hushtagi chalinishi arafasida uchinchi gol urildi. Murabbiy qanday ko‘rsatmalar berdi?
- Murabbiy barchani xotirjamlikka chaqirdi. Gol ura olishimiz, o‘zimizga ishonishimiz kerakligini uqtirdi va buni uddaladik.
- "Humo arena"ga tashrif buyurgan muxlislarning o‘rni qanday bo‘ldi?
- Ularning o‘rni katta edi, ayniqsa, yutqazayotganimizda bizga dalda berib turishdi. Qiyin holatlarda muxlislardan motivatsiya olishga harakat qildik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi