Niderlandiya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Andres Moreno JCH-2024 1-turida O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jamoamizni qahramonlar deya atashim mumkin, sababi, shogirdlarim nimalarga qodir ekanligimizni va kuchli jamoaga qarshi kurashishdan qo‘rqmasligini namoyish eta olishdi.
O‘ylashimcha, biz juda yaxshi o‘ynadik. Raqib mudofaasini buzish bilan bir qatorda himoyalanishni ham uddaladik. O‘zbekiston ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Yigitlar ba’zi ko‘rsatmalarni maromiga yetkazdi. Ammo o‘rganishimiz va to‘g‘rilashimiz kerak bo‘lgan kamchiliklar bor.
Men sportda omadga ishonmayman. Agar nimagadir erishishni xohlasangiz, ko‘proq harakat qilishingiz kerak. Menimcha, ikki jamoa ham teng o‘yin namoyish etdi. Ba’zida bizda, ba’zida raqib jamoada imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq buni omadga bog‘lamagan bo‘lardim.
Biz kiyinish xonasidayoq Kosta-Rika haqida o‘ylashni boshlab yuborganmiz", dedi ispaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi