00:39 / 16.09.2024
115

Aleksandr Xomyakov: "Hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Ketma-ket mag‘lubiyatlar yomon ta’sir o‘tkazmoqda"

Aleksandr Xomyakov: "Hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Ketma-ket mag‘lubiyatlar yomon ta’sir o‘tkazmoqda"
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Barchani o‘zingiz ko‘rdingiz. Juda alamli o‘yin bo‘ldi, hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik va reja qilgan o‘yinimizni umuman namoyish eta olmadik. Ikkinchi bo‘limda biroz jonlandik. Ikkinchi bo‘lim avvalida gol o‘tkazib yubordik, keyin hisobni tenglashtirdik, lekin hatto durang natijani ushlab qola olmadik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Hozir bir nima deyish qiyin.

- "Andijon" ikkinchi davrada 5-marotaba mag‘lubiyatga uchrashi. Mag‘lubiyatlar soni juda ko‘payib ketmadimi?
- To‘ppa-to‘g‘ri. Bu juda yomon natija. Nima deyishni ham bilmayman, to‘g‘risi. Buni qanday to‘g‘rilash yo‘lini bilarsiz balki? O‘zingiz yordam berib yubora olmaysizmi? "Lokomotiv" bugun bizdan yaxshiroq o‘ynadimi? Nima deb o‘ylaysiz?

- Jamoa g‘alaba qozondimi demak, yaxshi o‘ynagan.
- To‘g‘ri, g‘oliblar muhokama qilinmaydi. Juda yomon o‘ynamoqdamiz. Biz harakat qilmoqdamiz, ammo bir nima yetishmayapti. Bu savolga javob topa olmayapman, to‘g‘risi.

- Natija qachon yaxshilanadi?
- Yaxshi savol. Bilmadim, natija qachon kelishini. Har bir o‘yinga maksimal tayyorgarlik ko‘ryapmiz, ammo omadimiz kelmayapti.

- Jamoadagi ichki muhit yaxshimi?
- Hammasi joyida. Bu masalada hech qanday muammo yo‘q. Mashg‘ulotlarda barchasi o‘hshamoqda, ammo o‘yin vaqtida umuman boshqacha futbol namoyish etyapmiz.

- Kecha "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida faqatgina finalni kutib yashayotganini aytdi. Balki "Andijon" ham final haqida juda ko‘p o‘ylab yuborayotgandir va shu sababli Superligadagi natijalar yomonlashib ketgandir?
- Bunday muxlislar bilan birga o‘yinni tashlab qo‘yishning iloji yo‘q. Har bir uchrashuvga maksimal tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ketma-ket mag‘lubiyatlar ham yomon ta’sir o‘tkazmoqda. Har bir uchrashuvga Kubok bahsidek yondashish kerakligini ta’kidlayapman, ammo bu hozircha ish bermayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Ketma-ket mag‘lubiyatlar yomon ta’sir o‘tkazmoqda"