
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2-tur uchrashuvlariga start berildi. A guruhidan o‘rin olgan Kosta Rika va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi 6-daqiqasida Tevfik Seyar o‘z darvozasiga gol urib Kosta Rika jamoasini oldinga olib chiqdi. 19-daqiqada Said Buzambu hisobni tenglashtirdi. 21-daqiqada Ismoil Uddau Niderlandiyani oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Pablo Rodriges Kosta Rikaning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Niderlandiya jamoasi o‘ynovchi darvozabonni tushirib, g‘alaba qozonishga harakat qilib ko‘rdi, ammo bu harakat samara bermadi.
JCH-2024. "A" guruhi
Kosta-Rika - Niderlandiya 2:2
Gol: Tevfik Seyar avt (7), Leon Yosel (32) - Said Buzambu (19), Ouaddux Ismoil (21)
Kosta-Rika: 1.Rosales Sezar, 4.Diyego Chavarria, 5.Jean Salas, 10.Kubillo Edvin, 11.Daniyel Gomes.
Zaxira: 12.Danni Vaskes, 2.Vindas Jilbert, 3.Jeremi Gomes, 6.Viktor Fonseka, 7.Minor Sabalseta, 8.Leon Yosel, 9.Pablo Rodrigez, 13.Luis Navarette, 14.Emmanuel Gamboa.
Niderlandiya: 1.Kuijik Manuel, 2.Jordi Kretiyer, 6.Karim Mossaui, 8.Abdessamad Attaxiri, 9.Said Buzambu.
Zaxira: 12.Mika Spigt, 3.Styui Keye, 4.Tevfik Seyar, 5.Ayub Buxoriy, 7.Martinus Jordani, 10.Ouaddux Ismoil, 11.Laxchen Boyouzan, 13.Ishak Belxaj, 14.Chin Muhammad.

Foto: FIFA
Shu tariqa Niderlandiya jamoasi ikkinchi durang qayd etgan holda ikki ochkoga ega bo‘lib turibdi. Kosta Rika esa chempionatdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi turdan o‘rin olgan O‘zbekiston — Paragvay uchrashuvi bugun, 17 sentyabr kuni 20:00 da bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar