
Foto: Sports
Futbol bo‘yicha Elit Chempionlar Ligasining 1-tur o‘yinlari 17 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” musobaqaning ilk turida BAAning “Al-Vasl” klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar xavfli vaziyatlarni yaratdi. 64-daqiqaga kelib, “Al-Vasl” hisobni ochdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Bouftini boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Al-Vasl” kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Elit Chempionlar Ligasi
1-tur bahsi
17 sentyabr, seshanba
“Paxtakor” – “Al-Vasl” 0:1
Gol: 0:1 — 64 Bouftini
“Paxtakor”: 12. Vladimir Nazarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullayev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmudjon Mahamadjonov.
“Al-Vasl”: 1. Xolid Saif Alsenani, 4. Sufiyan Buftini, 6. Siaka Sidibe, 7. Ali Solih Amro, 9. Adama Diallo, 12. Abdulrahmon Solih Hamis, 15. Jung Seungyun, 17. Kayo Korrea (8. Xaris Seferovich,70), 19. Takashi Uchino, 25. Aleksis Fontanilla, 31. Nikolas Ximenes.
Ogohlantirishlar: Dragan Cheran (10), Kayo Kanedo (57). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar