15:23 / 18.09.2024
38

Jan Salas: "O‘zbekistonning gol urishiga yo‘l qo‘ymasdan, ularni mag‘lub etishga harakat qilamiz"

Jan Salas: "O‘zbekistonning gol urishiga yo‘l qo‘ymasdan, ularni mag‘lub etishga harakat qilamiz"
Kosta-Rika futzal terma jamoasi a’zosi Jan Salas Niderlandiyaga qarshi o‘yindan keyin mikst-zonada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Niderlandiyaga qarshi mashaqqatli o‘yin o‘tkazdik. Umuman olganda, uchrashuv qiyin o‘tishini bilardik. Musobaqadagi ishtirokimizni davom ettirish uchun ochko muhimligini ham anglab turgandik va o‘ylaymanki, biz buni yaxshi uddaladik. Oxirgi turda mezbonlar qarshiligidan o‘tishga harakat qilamiz.

Bugun bizga shiddat ko‘proq yetishmadi. Shuningdek, to‘p bilan oldinga o‘tishda ham muammolar yuzaga keldi. Raqib jamoa vaziyatlarni yakunlashda yaxshiroq harakat qildi, bizga esa bu borada aniqlik yetishmadi. Ammo so‘nggi turda bu kamchiliklarimizni yaxshilaymiz.

O‘zbekiston mezbon jamoa hisoblanadi. Qolaversa, ular o‘z muxlislari qarshisida to‘p tepadi. Ular ham gol urishga va muhim ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilishadi, biroq biz bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Jahon chempionatidagi barcha o‘yinlar qiyin o‘tadi. Shunga qaramay, raqibni mag‘lub etishga harakat qilamiz.

Bu yerning madaniyati bizning mamlakatdan farq qiladi, shunga qaramay, biz moslashyapmiz. O‘zbekistonliklar bizga yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda. Bu yerning madaniyati bilan yaqindan tanishib, ortga qaytgach, yaqinlarimga so‘zlab beraman
", dedi Salas.

Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jan Salas: "O‘zbekistonning gol urishiga yo‘l qo‘ymasdan, ularni mag‘lub etishga harakat qilamiz"
ePN