date
views 65

Agar Frensis Ngannu jang qilolmasa, uning o‘rnini kim egallaydi?

Agar Frensis Ngannu jang qilolmasa, uning o‘rnini kim egallaydi?
Mashxur Bellator jangchisi Vadim Nemkov katta extimol bilan sobiq UFC chempioni kamerunlik Frensis Ngannu va braziliyalik Renan Ferreyra o‘rtasidagi jangni sug‘irtalashi mumkin.

"Sport formamni ushlab turish maqsadida mashg‘ulotlarni davom ettirayotgan edim. Shu payt menga Ngannu va Ferreyra jangi uchun zaxira jangchisi bo‘lishni taklifi kelib tushdi. Men esa bunga rozilik bildirdim, biroq xozircha xech qanday shartnoma tuzilmadi" , - dedi Nemkov "Ushatayka" You Tube kanaliga.

Malumot o‘rnida, agar Frensis yoki Renan malum bir sabablarga ko‘ra bo‘lajak jangda ishtirok eta olmasa, o‘sha jangchi o‘rniga Nemkov oktagonga ko‘tariladi.

19 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida Frensis Ngannu va Renan Ferreyra PFL doirasidagi turnirda o‘zaro jang qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Agar Frensis Ngannu jang qilolmasa, uning o‘rnini kim egallaydi?