
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
18 sentyabr kuni musobaqaning 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida O‘zbekiston yigitlar jamoasi Ukrainani 3:1 hisobida, qizlar jamoasi esa Gretsiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Erkaklar:
O‘zbekiston — Ukraina 3:1
- Nodirbek Abdusattorov — Andrey Volokitin 1:0;
- Nodirbek Yakubboyev — Vasil Ivanchuk 0,5 : 0,5;
- Javohir Sindorov — Ruslan Ponomaryov 1:0;
- Shamsiddin Vohidov — Anton Korobov 0,5 : 0,5.

Foto: Uzchess
Ayollar:
O‘zbekiston - Gretsiya 2,5 : 1,5
- Afro‘za Hamdamova — Stavroula Colakidou 0:1;
- Umida Omonova —Anastasiya Avramidou 1:0;
- Marjona Malikova — Ekterini Pavlidou 0,5 : 0,5;
- Nodira Nodirjonova — Markantonaki Xaritomeni 1:0.

Foto: FIDE
7-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘rinda bormoqda. Musobaqa reytingining dastlabki ikki o‘rnida Hindiston va Eron joylashgan.

Foto: Chess
Qizlar o‘rtasidagi jadvalda ham Hindiston jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. Polsha va Qozog‘iston kuchli uchlikni yakunlab bergan. O‘zbekiston qizlari 11-o‘rinda bormoqda.
Musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bugun, 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yigitlar jamoasi Serbiya bilan, qizlar esa AQSH jamoasi bilan to‘qnashadi. Ma’lumot uchun, AQSH tarkibida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova harakat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar